Samarqand viloyati hokimi öqituvçilarni köça nazoratçisiga aylantirişni buyurdi
|19:36 / 25.06.202622 0095 min
Adiz Boboyevning topşiriğiga köra, Samarqand şahridagi köçalar OTMlarga biriktirib qöyiladi. Oliygoh pedagoglari özlariga biriktirilgan köçaning tozaligi, köça böyidagi daraxtlar va suğoriş tizimining holatini monitoring qilib, muammolar haqida obodonlaştiriş xizmatini xabardor qilib turişi kerak. Qonunga köra, pedagoglarni kasbiy faoliyatidan taşqari işlarga majburlaş taqiqlangan.
Samarqand viloyati hokimligi e’lon qilgan videodan kadrSamarqand viloyati hokimligi e’lon qilgan videodan kadr
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Samarqand şahridagi köçalarni obod saqlab turiş işlariga oliy ta’limdagi öqituvçilarni ham jalb qiliş topşiriğini berdi.
“Hamma OTMga bittadan, ikkitadan, uçtadan (kilometriga, katta-kiçikligiga qarab, sohasiga qarab) köça beramiz. Mana şu köça falon institutniki böladi. Men sizlarga u yerga daraxt ekinglar, trotuar qilinglar yoki boşqa qilinglar demayman. Sizlar öşa köçaning egasi bölasizlar.
Har kuni ertalab bitta öqituvçi bunday aylanib keladi öşa köçani. Piyoda yuradi – foydasi ham bor soğliqqa. Qani, [köçaning] tozaligi qanaqa, odamlar nimada qiynalyapti, qayerda trotuar sinib ketgan, qayerda qaysi köçat quriyapti, yoki qaysi köçat gurkirab rivojlanmayapti, yoki qaysidir köçatga kasallik kelib qolgan. Yo qayergadir buta ekişimiz kerak. Yo qayerdadir suğoriş tizimi işlamaydi yoki özi umuman yöq “poliv”. Qayerdadir nogironlar uçun imkoniyat yöq... Yoki bölmasa, köçatlar palapartiş ekilgan: bitta köçada tört-beş xil köçat aralaştirib taşlangan.
Şunaqa ming xil masala bor. Şularni sizlar olasizlar-u, şu köçaga bir boşdan özlaringizga “yöl xaritasi” qilib olasizlar. Keyin uni ikkita egasi bor: obodonlaştiriş va... Birinçi qiladigan işimiz – kasal köçatlarni davolaşimiz kerak, buni biz boşlaganmiz, bir hafta böldi. Keyingi işimiz – qayerda köçat yöq bölsa, röyxatini qilasizlar. Qanaqa köçat kerak bölsa, öşa köçatdan toptirtirib... Mana, ikki oydan keyin kuz keladi. Noyabrga eksa böladi. Palapartiş ekilgan joylarni almaştiramiz.
Qayerga buta ekiş kerak bölsa, uni ham körasizlar. Sizlar faqat butaning şaklini körsatib beringlar: “Butani mana bunaqa şaklda eksa, çiroyliroq çiqadi” [deb]. Töppa töğri ekib ketaversayam böladi, lekin ozgina dizayn bersak, çiroyli böladi-da”, – degan Boboyev.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining qöşimça qilişiça, Samarqand şahri köçalarini OTMlarga biriktiriş taşabbusi – “kökalamzorlaştiriş işlariga yangiça yondaşuvni joriy etişga xizmat qiladi”.
qaraganda, Adiz Boboyev mazkur yiğiliş arafasida Samarqand şahridagi Mirzo Uluğbek, Böstonsaroy va Rödakiy köçalarida piyoda yurib, trotuarlarning holati talabga javob bermasligi, yöl yoqasiga ekilgan ayrim daraxt va butalar kasallangani, ayrimlari qurib borayotganini tanqid qilgan.
Bundan taşqari, hokim köça böyidagi çiqindi qutilari tölib-toşib, atrofida çiqindilar uyulib yotgani, drenaj ariqçalari ham maişiy çiqindilar bilan tölib qolganiga e’tiroz bildirgan.
“Öqituvçi şaharsozmi yo boğbonmi?”
Telegram'dagi OtashGoh kanali hokimning topşiriğiga munosabat bildirib, öqituvçilarni bu kabi ma’muriy topşiriqlardan qutqariş kerakligini aytdi.
“Nega? Nega? Nega? Nimaga yana öqituvçi?
Hammamiz tuşunib turibmiz, hokim buva ezgulikni közlagani aniq. Lekin öqituvçi şaharsozmi, u urbanistmi yo boğbonmi?
Öqituvçi zoti hayotni tuşungan, past-balandni biladigan, öz örnida töğri maslahat yoki körsatma berişiga mujda bilan murojaat qilayotganiga men işonaman. Lekin siz ham işoning, bu amalda qanday işlaşi oldindan ma’lum-ku. Çorasiz rahbarlarga hamdardman. Ertadan jadval tuziladi va kim, qaysi kuni, qayerda patrul qilganligini “foto otçet” qiladi.
Öqituvçilarni qutqaradigan vallomat bormi? Maylimi, öqituvçi auditoriyasini, laboratoriyasini yo sportzalini nazorat qilsin”, – deya yozadi kanal muallifi.
Pedagogni kasbiy faoliyatidan taşqari işlarga majburlaş mumkin emas
“Pedagogning maqomi töğrisida”gi qonunning 5-moddasiga köra, pedagogni kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan işlarga, şu jumladan hududlarni obodonlaştirişga va qişloq xöjaligi işlariga jalb qiliş taqiqlanadi.
Xuddi şu moddada pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bölmagan hisobotlar tuziş va taqdim etişni talab qiliş ham man etilgan.
Mazkur qonunga binoan, pedagogni uning kasbiy faoliyati bilan boğliq bölmagan, lekin siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarga jalb qiliş uning roziligiga köra, u bilan tuzilgan şartnomaga asosan, qöşimça haq tölaş evaziga, işdan böş vaqtida yoki iş joyi böyiça örtaça iş haqi saqlangan holdagina amalga oşirilişi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasiga köra, pedagoglarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaş – BHMning 100 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Bu qilmiş takroran sodir etilgan taqdirda, huquqbuzar jinoiy javobgarlikka tortilişi belgilangan.