Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ta’lim, maktab, xalq» - Mirziyoyev murojaatida eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar sanab chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatida eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar sanab chiqildi va davlat rahbari nimalarga ko‘proq e’tibor qaratayotgani aniqlandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatidagi nutqining lingvistik kontent-tahlilini o‘tkazdi.
Natijada, tahlilchilar davlat rahbari nimalarga ko‘proq e’tibor qaratayotganini aniqladi.
Qayd etilishicha, murojaat 2 soat 25 daqiqa davom etdi. Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida 6 502 ta so‘z ishlatdi. Eng uzun so‘z 15 harfdan iborat bo‘ldi, o‘rtacha bitta so‘z 7 ta harfdan iborat edi.
Davlat rahbari o‘z nutqida ta’lim va sog‘liqni saqlash sifatini oshirish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, mahallani qo‘llab-quvvatlash va ma’muriy sohada islohotlar o‘tkazish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
Murojaatning asosiy mavzulari «ta’lim», «aholi», «maktab», «xalq», «investitsiya», «tadbirkorlik», «konstitutsiya», «mahalla» va «energetika» bo‘ldi.
Jumladan, «ta’lim» so‘zi 25 marta, «maktab» so‘zi 23 marta, «shaxs» va «xalq» so‘zlari 22 martadan, «konstitutsiya» va «investitsiya» so‘zlari 20 martadan, «tadbirkor» so‘zi 19 marta va «mahalla» so‘zi 18 marta ishlatildi.
So‘zlarning yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlanishi tahlili shuni ko‘rsatdiki, asosiy e’tibor ta’lim-tarbiya sohasiga qaratildi. Shuningdek, ixcham va samarali davlat boshqaruvini tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, energetika sohasini takomillashtirish va sud-huquq tizimini isloh qilish haqida ham ko‘p gapirildi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026