Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatimizga tashrifi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Toshkent shahridagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildi.
Shayx Xovandi Tohur XIV asrda yashagan olim va so‘fiy, Ahmad Yassaviy ta’limotining davomchisi bo‘lgan. Insonlarni ilm-ma’rifatga, yetakchilarni tinchlik-ahillikka chorlagan valiy zot sifatida xalq xotirasida qolgan.
Shayx maqbarasi atrofi aziz qadamjoga aylangan. Xususan, XVII asrda bu yerga To‘labiy dafn etilgan. Qaldirg‘ochbiy deb ham ataladigan bu inson qozoq elining bosh qozilaridan hamda "Jyeti Jarg‘i" qonunlar to‘plamining tuzuvchilaridan biri bo‘lgan.
Yonma-yon joylashgan bu maqbaralar o‘zbek va qozoq xalqlari azaldan birga yashagani, qardoshu hamfikr bo‘lganining yana bir dalolatidir.
Qozog‘iston rahbari maqbaralar tarixi bilan tanishdi, obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev qardosh xalqlarimizning umumiy tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylashga qaratilayotgan e’tibor uchun O‘zbekiston prezidenti va xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga oid
22:31 / 13.04.2026
Buxoroda prezidentlar nimani gaplashdi?
00:57 / 12.04.2026
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston prezidentining “Toza havo” tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
23:54 / 11.04.2026
Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
22:15 / 11.04.2026