Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining to‘qqizinchi bosqichiga qo‘shildi
Shveytsariya Eron dronlarini yetkazib berish va Ukrainaga qarshi urushni davom ettirish bilan bog‘liq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi.
Foto: Reuters
Shunday qilib, Bern hukumati 16 dekabrda YeI tomonidan kiritilgan to‘qqizinchi jazo choralari paketiga qo‘shildi.
Federal kengash saytidagi bayonotga ko‘ra, qora ro‘yxatga 141 jismoniy va 49 yuridik shaxs kiritilgan. Yangi sanksiyalar Moskva vaqti bilan soat 20:00 da kuchga kirdi.
Bundan oldin Germaniyada sanksiyalarni amalga oshirish doirasida muzlatilgan Rossiya aktivlari hajmi 5,046 milliard yevroga yetgandi.
Bu mablag‘ning 2,2 milliard yevrosi nemis banklari tomonidan Germaniya federal bankiga (Bundesbank) berilgan xabarlardagi mablag‘lar hisobidan to‘g‘ri keladi. Yana 1,1 milliard «ko‘chmas mulk»dir.
Iyun oyida Rossiyaning Germaniyadagi muzlatilgan aktivlari hajmi 4,48 milliard yevroni tashkil qildi.
Mavzuga oid
19:32 / 01.04.2026
Shveytsariya Markaziy Osiyo uchun 200 mln dollarlik dasturni ishga tushirdi
09:29 / 23.03.2026
Pistorius: Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish mumkin emas
17:06 / 21.03.2026
AQSh Eron neftiga qo‘llanilayotgan sanksiyalarni yumshatdi. Nega?
13:21 / 17.03.2026