Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Senati Kiyevga yordamni hisobga olgan holda budjet haqidagi qonunni ma’qulladi
Senat tomonidan qabul qilingan 2023-moliyaviy yil uchun ajratmalar to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, qariyb 45 milliard dollar Ukraina va AQShning NATO ittifoqchilariga favqulodda yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
AQSh Senati 2023-moliya yili uchun (1 oktyabrdan 30 sentabrgacha) 1,7 trillion dollar (1,6 trillion yevro) mablag‘ ajratish loyihasini qabul qildi. Bu haqda 22 dekabr, payshanba kuni Senatning Budjet mablag‘lari bo‘yicha qo‘mitasida ma’lum qilindi. Shundan 44,9 milliard dollar (42,4 milliard yevro) Ukraina va AQShning NATO bo‘yicha ittifoqchilariga favqulodda yordam ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
Shu bilan birga, 772,5 milliard dollar (728,8 milliard yevro) mudofaaga oid bo‘lmagan ixtiyoriy (fiskal siyosat doirasida majburiy bo‘lmagan) dasturlar uchun ajratilgan. Yana 858 milliard dollar (809 milliard yevro) mudofaani moliyalashtirish uchun mo‘ljallanyapti.
Qonun loyihasini 68 deputat qo‘llab-quvvatladi, 29 nafari qarshi ovoz berdi. Hujjat hali AQSh Kongressi Vakillar palatasida tasdiqlanishi kerak, shundan so‘ng u yakuniy imzolash uchun AQSh prezidenti Jo Baydenga taqdim etiladi.
«Bu biz juda uzoq vaqt davomida qabul qilgan eng muhim mablag‘lardan biri», dedi Chak Shumer, Senatdagi Demokratik partiya rahbari.
Qonun chiqaruvchilar 23 dekabr kuni yarim tunda (Toshkent vaqti bilan 10.00) budjet mablag‘lari yetishmasligi sababli federal hukumat qisman yopilishidan oldin ovoz berishga harakat qilishdi, deya aniqlik kiritdi AP.
Bundan tashqari, ko‘plab qonun chiqaruvchilar bu hujjatni Vakillar palatasida ko‘pchilikni tashkil etuvchi Respublikachilar partiyasi kelasi yili qabul qilishni qiyinlashtirmasdan oldin AQSh Kongressi orqali olishni istamoqda.
Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiyning AQShga tashrifidan oldin Vashington Ukrainaga 1,85 milliard dollar (1,74 milliard yevro) miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi. Shuningdek, Kiyevga Amerikaning quruqlikdagi mobil zenit-raketa kompleksining o‘rta masofaga mo‘ljallangan havo va raketaga qarshi mudofaa tizimi batareyasi taqdim etilgani tasdiqlandi. Ukraina harbiylari u bilan ishlashga o‘rgatiladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar nega Kiyevga boshqa qator qurollarni bermayotganini tushuntirdi. «Butun bir ittifoq (NATO) mavjud va u Ukraina bilan qolishi juda muhim. Agar biz Ukrainaga u yerga uzatilayotgan qurollardan tubdan farq qiladigan qurollarni bersak, kelajakda bu NATO, Yevropa Ittifoqi va butun dunyoda bo‘linishga olib kelishi mumkin», deb tushuntirdi Oq uy rahbari.
Yana bir sabab, Yevropa davlatlari rahbarlarining keskinlik yanada kuchayishi va uchinchi jahon urushi boshlanishidan tashvishlanishi bilan bog‘liq. «Urushning tugashiga Ukrainaning jang maydonida g‘alaba qozonishini ta’minlash orqali erishish mumkin. Biz Ukrainaga jang maydonida muvaffaqiyat qozonishi uchun zarur bo‘lgan narsani beramiz», - deya ta’kidladi Bayden.
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026