Boş vazir örinbosarlari soni ikki barobarga qisqartirilmoqda
|05:39 / 24.12.202263 1256 min
Prezidentning «Yangi Özbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan hukumatga böysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, şu jumladan, vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda.
«Prezident Ş.Mirziyoyev joriy yil 20 dekabr kuni Oliy Majlisga va Özbekiston xalqiga Murojaatnomasida hozirgi kunda davlat apparatida takrorlaniş köpligi, keraksiz ştatlar borligi, markazlaşuv yuqoriligini qayd etgan.
Şu munosabat bilan Davlatimiz rahbari ixçam va samarali davlat boşqaruv tizimiga ötiş maqsadida keng kölamli ma’muriy islohotlarni ilgari surgan edi.
Uzoq tayyorgarlik körilgan va çuqur tahlil qilingan uşbu islohotlarni hayotga joriy etiş maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz hayotida tarixiy ahamiyatga ega hujjat – «Yangi Özbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmon va uning ijrosini samarali taşkil etiş böyiça qaror imzolandi», deb yozdi Şerzod Asadov telegram-kanalida.
Yangi farmon va qaror bilan nimalar özgaradi:
1. Eng avvalo, 2023 yil 1 yanvardan boşlab:
Hukumatga böysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga, şu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora töliq tugatilmoqda;
ilğor xorijiy tajribalar asosida davlat boşqaruvi idoralari faqat vazirlik, qömita, agentlik va inspeksiyadan iborat böladi. Bunda, vazirlik tegişli sohada davlat siyosatini amalga oşirişga mas’ul bölib, tarmoqqa kiruvçi qömita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi.
2023 yil 1 yanvardan boşlab Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar taşkil etadi:
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Toğ-kon va geologiya vazirligi;
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi;
Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi;
Tabiat resurslari vazirligi;
Mavzuga oid
Yoşlar siyosati va sport vazirligi;
Qişloq xöjaligi vazirligi;
Suv xöjaligi vazirligi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi;
Adliya vazirligi;
Transport vazirligi;
Madaniyat va turizm vazirligi;
Mudofaa vazirligi;
Energetika vazirligi;
Soğliqni saqlaş vazirligi;
Taşqi işlar vazirligi;
Içki işlar vazirligi;
Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
2. Hukumatda amaldagi 8 nafar Boş vazir örinbosari va 3 nafar Boş vazir maslahatçisi lavozimlaridan faqat 4 nafar Boş vazir örinbosari qoldirilmoqda.
Boş vazir örinbosari bir vaqtning özida vazir yoki boşqa rahbarlik lavozimini egallamaydi hamda vazirliklar va boşqa davlat idoralari faoliyatini töğridan-töğri boşqarmaydi.
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi tuzilmasida amaldagi 269 ta ştatdan 120 tasi qoladi. Bunda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar böyiça kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bölimlar, şuningdek, Madaniy merosni himoya qiliş inspeksiyasi, Harbiylaştirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlaş bölimi, Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş masalalari bölimidan iborat Vazirlar Mahkamasi apparati tugatilmoqda.
Uning örniga Hukumat rahbari faoliyatini huquqiy, taşkiliy-texnik, axborot-tahliliy va protokol jihatdan ta’minlaydigan Boş vazir kotibiyati taşkil qilinmoqda.
3. Vazirlarning siyosiy maqomi, vakolatlari, Prezident, parlament va jamoatçilik oldidagi siyosiy mas’uliyati hamda javobgarligi keskin oşirilmoqda. Ularning sohaga ajratiladigan mablağlarni işlatişdagi mustaqilligi belgilanmoqda.
Şuningdek, ajratilgan mablağlar va umumiy ştat birligi doirasida vazirlarga öz tuzilmasini mustaqil belgilaş vakolati berilmoqda.
Vazirlar konstitutsiyaviy maqomidan foydalangan holda, Boş vazir bilan töğridan-töğri işlaydigan tizim joriy etilmoqda. Ya’ni, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotidagi muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar vazirlar iştirokida muhokama qilinib, kollegial hal etiladi.
Sodda qilib aytganda, vazirlar:
– yangi qaror loyihalarini özlari işlab çiqadi;
– qaror loyihasining dolzarbligi, taşkiliy-moliyaviy mexanizmlari va kutilayotgan natijalarini Hukumat a’zolari oldida özlari himoya qiladi.
4. Vazirlik va idoralarning funksiyalari qayta körib çiqilib, bir-birini takrorlaydiganlari qisqartiriladi. Bunda, xususiy sektorga ötkazilayotgan davlat funksiyalari kamida 3 barobarga köpaytiriladi.
5. Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har bir vazirlikning yil davomida erişişi zarur bölgan maqsadli körsatkiçlari (indikatorlari) belgilanadi.
Vazirlar har yil boşida özining örinbosarlari kesimida belgilangan maqsadli körsatkiçlarga erişiş böyiça harakatlar dasturini işlab çiqib, jamoatçilikka taqdim qiladi.
Xuddi şu kabi, vazirliklarning joylardagi bölinmalari rahbarlari ham maqsadli körsatkiçlarga erişiş böyiça hududiy rivojlaniş dasturini işlab çiqib, jamoatçilikka taqdim qiladi.
Vazirlar va uning hududiy bölinmalari rahbarlarining yil yakuniga qadar uşbu dasturlar ijrosi va maqsadli körsatkiçlarga erişilganligi yuzasidan oçiq hisobot berişi belgilanmoqda.
6. Davlat boşqaruvida oçiqlikni ta’minlaş, raqamli boşqaruv modeliga ötiş maqsadida vazirliklarning buyruq va qarorlarini «E-qaror» elektron tizimi orqali qabul qiliş va e’lon qiliş amaliyoti yölga qöyilmoqda.
7. Davlat boşqaruvi apparatini saqlaş xarajatlarini qisqartiriş maqsadida vazirliklarda:
– masofaviy «onlayn qabul», «virtual taşrif» kabi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan iş uslublari kengaytiriladi;
– energiya sarfi bosqiçma-bosqiç, şu jumladan tejamkor texnologiyalar joriy etiş hisobiga kamaytiriladi.
Umuman, farmon va qaror bilan respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyati va iş tizimini takomillaştiriş böyiça yana bir qator yangiliklar joriy etilmoqda.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi