Jahon | 14:20 / 26.12.2022
3976
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashidan chiqarish bo‘yicha ariza beradi

Foto: BMT

Ukraina Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zoligidan chiqarish bo‘yicha ariza beradi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ma’lum qildi.

«Bizning savolimiz juda oddiy: Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi va umuman BMT a’zosi bo‘lishga munosibmi? Bizda bu savolga yo‘q deb javob berish kerakligini isbotlaydigan dalillar bor», dedi Kuleba mahalliy telekanal efirida.

Ukraina tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, bu masala diplomatlar o‘rtasida muhokama qilingan va Ukraina Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashi doimiy a’zoligidan chetlatishni so‘rab 26 dekabr kuni ariza beradi.

Ma’lumot uchun, BMT Xavfsizlik kengashi dunyodagi muhim siyosiy voqealar borasida qarorlar qabul qiladi. Xavfsizlik kengashi doimiy a’zolari qaror qabul qilishda veto huquqiga ega. Kengashning doimiy a’zolari AQSh, Britaniya, Fransiya, Xitoy va Rossiya hisoblanadi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid