O‘zbekiston | 09:04 / 27.12.2022
9055
3 daqiqa o‘qiladi

2025 yilda qishloq xo‘jaligida ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining “2025 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Qaror loyihasida 2025 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish vaqti va muddatlari, qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish dasturi va savolnomalari, ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarni tanlash, o‘qitish va ularning mehnatiga haq to‘lash tartibi, xo‘jaliklarga oid ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning yakuniy ma’lumotlarini chiqarish tartibini belgilash ko‘zda tutilgan.

Mazkur qaror bilan quyidagilar tasdiqlanadi:

  • O‘zbekistonda 2025 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish, statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularga ishlov berish, ularni umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish, ulardan foydalanish, ularni rasmiy e’lon qilish, saqlash tartibi to‘g‘risida Uslubiy nizom;
  • O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”;
  • O‘zbekistonda 2025 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish, statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularga ishlov berish, ularni umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish, ulardan foydalanish, ularni rasmiy e’lon qilish, saqlash bo‘yicha "Yo‘l xaritasi";
  • O‘zbekistonda 2025 yilda qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb etish va ularning mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom;
  • Qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish so‘rovnomasi;
  • Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Shuningdek, qaror loyihasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarining ishtirokchilari, jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika va hududiy komissiyalar, Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy organlari, mutasaddi vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarning vazifalari belgilanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid