Zarbaga tayyorlanayotgan baxmutliklar, jangchilarni qutqarayotgan shifokorlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 306-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
Ukraina TIV Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi a’zoligidan chiqarilishi tashabbusi bilan chiqmoqchi. BMT ustavida hamon Rossiya tashkilot XK a’zosi sifatida ko‘rsatilmagan - buning o‘rniga SSSR nomi keltirilgan.
Saratov oblastidagi Engels aerodromida ukrainlar droni urib tushirildi. RF mudofaa vazirligi uch nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini tasdiqlagan. Bu bir oy ichida ushbu aviabazaga uyushtirilgan ikkinchi dronlar hujumidir. Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovichning aytishicha, Ukraina qurolli kuchlari Engels aerodromiga zarba berish orqali rossiyalik harbiylarning 26 dekabr kuni Ukraina infratuzilmalarini o‘qqa tutish rejasini chippakka chiqargan.
Davlat dumasi xorijga ketgan rossiyaliklar o‘zini o‘zi ish bilan band qilgan fuqaro sifatida kam soliq to‘lashini taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Deputatlar shuningdek, xorijga ketgan tadbirkorlar uchun ham soliqlarni oshirmoqchi.
Putin Medvedevni RF harbiy-sanoat komissiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinladi. Ushbu lavozim RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari uchun maxsus tashkil etilgan.
Rossiyada Bellingcat rahbari, bolgariyalik jurnalist-surishtiruvchi Xristo Grozevga nisbatan Rossiya armiyasini obro‘sizlantiruvchi feyklar tarqatish holati bo‘yicha jinoiy ish ochildi. Rossiya IIV uni qidiruvga berdi.
Ukrainada tinch aholini o‘ldirganini tan olgan rossiyalik harbiy Daniil Frolkin Rossiya armiyasi to‘g‘risida «feyk» ma’lumot tarqatishda ayblandi.
Baxmutda otishmalarga tayyorlanishmoqda
Baxmutdagi harbiy hospital
So‘nggi oylarda Baxmut atrofida shiddatli janglar kechmoqda va ko‘plab harbiylar yaralanmoqda. Quyida shifokorlar ularga qanday yordam ko‘rsatayotgani aks etgan suratlar.
Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari
Xerson atrofidagi qishloqlar aholisi hayoti
Mavzuga oid
21:09 / 05.11.2024
Saylovdan keyin Amerika Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartiradimi?
15:30 / 05.11.2024
Zelenskiy: Oktyabrda Ukrainaga 2 mingdan ortiq dron hujum qildi
14:50 / 05.11.2024
Janubiy Koreya Ukrainaga kuzatuvchilar va tahlilchilar guruhini yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda
11:10 / 05.11.2024