Jahon | 21:58 / 27.12.2022
15235
2 daqiqa o‘qiladi

Putin narx chegarasini belgilagan mamlakatlarga neft yetkazib berishni taqiqladi 

Tegishli farmon Rossiya prezidenti tomonidan imzolandi. 

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Yevropa davlatlari tomonidan Rossiya nefti narxiga yuqori chegara belgilanishi munosabati bilan maxsus iqtisodiy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 

Hujjatga ko‘ra, agar shartnoma narxning yuqori chegarasiga bo‘ysunadigan bo‘lsa, neft yetkazib berish taqiqlanadi. 

Farmon 2023 yil 1 fevraldan 1 iyulgacha amal qiladi. Kelajakda prezident muddatni uzaytirishi mumkin. 

Oktyabr oyi boshida Yevropa Ittifoqi sakkizinchi sanksiyalar paketini ma’qulladi, bu esa neft narxiga nisbatan yuqori chegarani joriy etishni nazarda tutadi. 5 dekabr kuni G7 mamlakatlari (AQSh, Buyuk Britaniya, Italiya, Fransiya, Kanada, Italiya va Yaponiya), shuningdek, Avstraliya va Yevropa Ittifoqi Rossiya neft narxiga cheklovni joriy qildi. Unga ko‘ra, agar neft narxi 1 barrel uchun 60 dollardan oshsa, Rossiya kompaniyalariga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi. Sanksiyalar moliyaviy, logistika, sug‘urta va boshqa turdagi xizmatlarga nisbatan qo‘llaniladi. 

Neft narxiga yuqori chegarani o‘rnatish Rossiya budjeti daromadlarini pasaytirish, natijada harbiy salohiyatiga putur yetkazishni maqsad qilgan. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid