Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Ukrainada 7 mingga yaqin tinch aholi vakili halok bo‘ldi
Birlashgan millatlar tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainada keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri tinch aholining o‘limi yoki jarohatlanishi bilan bog‘liq 17 831 holatni qayd etdi: 6 884 kishi halok bo‘ldi va 10 947 kishi yaralandi.
O‘lganlar orasida Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi rasmiylari 429 bolani sanab o‘tishdi: 175 qiz, 216 o‘g‘il va jinsi hali aniqlanmagan 38 bola. Yaradorlar orasida - 800 bola.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi tinch aholi o‘limi yoki jarohatlanganlarning haqiqiy soni ancha yuqori, deb hisoblaydi, chunki bunday hodisalar sodir bo‘lgan joylardan ko‘plab xabarlar hali ham qo‘shimcha tasdiqlashni talab qiladi, janglar davom etayotgan ba’zi joylardan ma’lumot olish esa kechikmoqda.
Bu, masalan, ko‘plab tinch aholi halok bo‘lgani yoki jarohatlangani qayd etilgan Mariupol (Donetsk viloyati), Izyum (Xarkiv viloyati), Lisichansk, Popasnaya va Severodonetsk (Luhansk viloyati) shaharlariga tegishli, deyiladi hisobotda.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
20:15 / 10.07.2026
Lvivda olomon harbiy komissariat avtomobilini ag‘darib tashladi
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
11:07 / 10.07.2026