Vazirliklar qisqardi, endi 2023 yilgi budjet qayta taqsimlanadimi?
Prezidentning farmoni bilan keyingi yil 1 yanvardan vazirliklar soni qisqartiriladigan bo‘ldi. Ammo 27 dekabr kuni Senatning 36-yalpi majlisida davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ma’qullangandi. Xo‘sh, budjet to‘g‘risida qonun qayta ko‘rib chiqiladimi? AOKAda o‘tgan anjumanda moliya vaziri o‘rinbosari shu savolga javob berdi.

Foto: Kun.uz
Vazir o‘rinbosari Jamshid Abruyevning ta’kidlashicha, qisqartirilgan va qo‘shib yuborilgan vazirlik, idoralarning vazifalari aniq bo‘lgan, davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qayta ko‘rib chiqiladi.
«3 kundan keyin yanvar oyi boshlanadi. Odamlarga oylik berish kerak, dori, oziq-ovqat, umuman har xil xarajatlari bor. Bu ishlar Senatgacha ma’qullangan qonun asosida amalga oshirilaveradi. Lekin vazirliklar tarkibi, nomi o‘zgarishi Budjet kodeksida ham ko‘zda tutilgan. Bu bo‘yicha qonunga belgilangan tartibda o‘zgartirish kiritiladi.
Qonun qabul qilinganidan keyin har bir vazirlikning tuzilmalari qabul qilinadi. Vazirlikda necha kishi bo‘ladi, ularga qanday vazifalar yuklatiladi – shundan kelib chiqqan holda ularning budjeti qayta hisoblanadi», dedi Abruyev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, keyinchalik qonun bilan tasdiqlangan budjet va optimallashgani aniq bo‘lgach, ortib qolgan mablag‘ ijtimoiy himoyaga yo‘naltiriladi. Bu haqda moliya vaziri Temur Ishmetov ham gapirgandi. Jamshid Abruyevga ko‘ra, bu bo‘yicha tayyorlangan hujjatlar Oliy Majlisga kiritiladi, o‘rnatilgan tartibda unga o‘zgartirish kiritilgach, mablag‘lar belgilangan tartibda sarflanadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26
Mavzuga oid

08:10 / 21.03.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsum g‘olib loyihalari e’lon qilindi

21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi

15:57 / 25.02.2025
Davlat xaridlarini korporativ bank kartalari orqali amalga oshirish tartibi belgilandi

16:55 / 21.01.2025