Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan 90 ming gektar yer qayta o‘zlashtiriladi
Prezidentning «Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023 yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash nazarda tutilgan.
Shuningdek, loyihada quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirish belgilanmoqda:
2023 yilda «Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, qabul qilinadi. Bunda:
- oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom oziqlanishni ta’minlash, yer va suv resurslari, ekologik va moliyaviy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish;
- samarali bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, shu jumladan strategik mahsulotlar zaxirasini yaratish;
- yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf – xatarlarni boshqarishda oldindan ogohlantirish va monitoring platformasini yaratish;
- ijtimoiy himoyaning milliy tizimlarini takomillashtirish va barqarorligini ta’minlash;
- oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi darajasini yaxshilash uchun sog‘lom oziqlanish tamoyillarini hamda xavfsizlikni ta’minlash amaliyotlar va ko‘rsatkich me’yorlarini targ‘ib qilishni ko‘zda tutiladi;
- «Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinadi va «Klasterlar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
- Qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan 90 ming gektar yer maydonlari qayta o‘zlashtiriladi, 200 ming gektar maydonlar lazerli tekislanadi hamda 300 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi hisobiga 2 mlrd metr kub suv iqtisod qilinadi;
- Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini yashil iqtisodiyotga o‘tishini jadallashtirish maqsadida, qayta tiklanuvchi energiya (quyosh panellari, shamol turbinalari va boshqa tegishli texnologiyalari) manbalarini joriy qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqiladi;
- Agrar sohada transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida vazirlik huzurida «Transformatsiya ofisi» tashkil etilib, vazirlik faoliyatini funksional baholash hamda tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish amalga oshiriladi;
- Respublika hududlarida Agroturizmni rivojlantirish maqsadida 8 ta Agroturizm obektlari ishga tushiriladi;
- Agrar sohaga ajratilayotgan subsidiyalarning natijadorligi va samaradorligini baholash mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
«Agrosubsidiya» elektron tizimi takomillashtiriladi hamda agrar sohada subsidiya ajratuvchi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilinadi.
Respublikaning 33 ta tumanida agroxizmatlar markazlari faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
Geoaxborot tizimida 6 ta turdagi asosiy qishloq xo‘jaligi (paxta, g‘alla, sholi, kartoshka, makkajo‘xori hamda moyli) ekinlarining ekilishi, vegetatsiya davrini tahlil qilish respublika miqyosida joriy etiladi.
«Raqamli qishloq xo‘jaligi» yagona integratsiyalashgan platformani ishlab chiqish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, ta’minotchilar hamda qayta ishlash tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni oshirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini amalga oshirishda inson omilini qisqartirish belgilanmoqda.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
20:06 / 15.06.2026
Yer va unda qurilgan mulkka oid huquqlarni e’tirof etish jarayoni soddalashtirildi
09:06 / 03.06.2026