Qariyb 30 mlrd dollarlik budjet

Senatorlar Senat yalpi majlisining birinçi iş kunini «2023 yil uçun Özbekiston Respublikasining davlat budjeti töğrisida»gi qonun muhokamasidan boşlaşdi. Muhokama jarayonida Moliya vaziri köpçilikda tuğilgan savol – davlat taşkilotlarining qisqarişi davlat budjetida hisobga olinganmi, degan masalaga izoh berib ötdi. Vazirga köra, davlat taşkilotlarining qisqarişidan böşaydigan budjet mablağlari ijtimoiy masalalarni hal etişga yönaltiriladi.

“2023 yil 1 yanvardan mustaqil faoliyat yurituvçi respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari soni 61 tadan 28 tagaça, jumladan, amaldagi 25 ta vazirlik 21 tagaça qisqartirildi. Tabiiyki, muhokama qilinayotgan “2023 yil uçun Davlat budjeti töğrisida”gi qonun loyihasida mazkur islohotlar hisobga olinganmi, degan savol tuğiladi. Qayta taşkil etilayotgan respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari faoliyatini tölaqonli yölga qöyiş çora-tadbirlari asosida ularning tuzilmalari, vazifa va funksiyalarini aniq belgilovçi normativ hujjatlar tayyorlanmoqda. Ular tasdiqlangandan sönggina respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarining saqlaş xarajatlariga aniqlik kiritilib, belgilangan tartibda qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi. Bunda şu islohotlar natijasida böşaydigan budjet mablağlari ijtimoiy masalalarni hal etişga yönaltiriladi”, — deya ma’lum qildi Temur Işmetov. 

Senatorlar tomonidan 2023 yil uçun davlat budjeti töğrisida qonun ma’qullandi. Mazkur qonun bilan 2023 yil uçun Özbekiston Respublikasi konsolidatsiyalaşgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2024–2025 yillar uçun budjet möljallari belgilangan.

Qonunga köra, 2023 yilda mamlakat iqtisodiyotida yalpi içki mahsulotning ösiş sur’atlari 5,3 foiz va iste’mol narxlari indeksi 2022 yilning dekabr oyiga nisbatan 9,5 foiz miqdorida bölişidan kelib çiqib, budjet parametrlari hisob-kitob qilingan. Konsolidatsiyalaşgan budjetning daromadlari 2023 yilda 310,7 trln sömni hamda xarajatlar 343,2 trln sömni taşkil etişi kutilmoqda.

Rad etilgan “profilaktik suhbat”

Yalpi majlisda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi qonun senatorlar tomonidan rad qilindi. “Profilaktik suhbat ötkazyapmiz deb odamlarni besamar uşlab turiş kerakmas”, deya ta’kidladi uşbu qonun muhokamasida Senat raisi Tanzila Norboyeva.

Qonunning rad etilişiga bir qator sabablar keltirildi. Jumladan, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi Qutbiddin Burhonov qonundagi qator normalar amaldagi boşqa qonunlar, xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan boğliq bölgan qoidalarga nomuvofiqligi haqida töxtalib ötdi.