Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"GUR": Eron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berishni kechiktiryapti
Rossiya va Eron ballistik raketalar yetkazib berish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi, biroq hozircha Tehron yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlardan qo‘rqib, kelishuv shartlarini bajarishga shoshilmayapti.
Bu haqda milliy telemarafon efirida Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi ("GUR") vakili Andrey Yusov bayonot berdi.
Ayni paytda, Eron tomonidan Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlarni yetkazib berish davom etmoqda, dedi u.
Avvalroq Volodimir Zelenskiy Rossiya Erondan 250 dona Shahed kamikadze uchuvchisiz uchoqlarini olgani va Ukrainaga zarba berish uchun ularni Rossiyaning "Geran-2" uchuvchisiz uchoqlari sifatida yashirayotgani haqida aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan mana shu dronlardan Ukrainaga qilingan so‘nggi hujum paytida foydalanilgan.
Mavzuga oid
14:20 / 06.06.2026
Tramp Netanyahudan nega norozi?
08:55 / 06.06.2026
Eron Kuvayt va Bahrayn tomon yettita ballistik raketa uchirdi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
08:51 / 04.06.2026