Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin koronavirusdan saqlanish uchun jurnalistlar bilan suhbatlashmayapti – Peskov
U «kasallik to‘lqinlari pastki nuqtaga tushishini» kutmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlar bilan, hatto Kreml guruhiga kiruvchi muxbirlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishdan tiyilmoqda, chunki uni koronavirus va grippdan himoya qilishyapti. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «kasallik to‘lqinlari pastki nuqtaga tushmaguncha» avvalgidek muloqot bo‘lmaydi.
«Yaqin kelajakda muloqot pandemiyadan oldingi davrdagi kabi bo‘lishi dargumon. Buning yashiradigan joyi yo‘q. Virus mutatsiyasini, grippning kuchli epidemiologik to‘lqinlarini ko‘ryapsiz. Pandemiya saboqlari prezident xavfsizligi va uning sog‘lig‘i uchun mas’ul shaxslarni ehtiyot choralarini ko‘rishga majbur qiladi, chunki bunday sharoitda prezidentning sog‘lig‘i davlat xavfsizligi masalasidir. Tez orada avvalgidek bo‘ladi deyish noto‘g‘ri. Javob beraman — bunday bo‘lmaydi. Ammo bu to‘lqinlar eng past nuqtaga yetib borishi bilan erkinroq rejimda muloqot qilish mumkin bo‘ladi», — dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Putin 2022 yilda bir qator an’anaviy yillik tadbirlarni bekor qildi. Masalan, aholi va jurnalistlar savollariga javob beradigan «jonli muloqot»ni va har yili bir marta o‘tkazilishi Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan Federal Kengashga murojaatni.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20:34 / 05.06.2026
Bu xat qo‘pollik unsurlariga ega - Putin Zelenskiyning xati haqida
17:01 / 05.06.2026
«Oreshnik» hali jangovar qo‘llangani yo‘q – Putin
14:21 / 05.06.2026