Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonda yangi xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchilik qilyapti
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Foto: Shutterstock
2022 yil 1 dekabr holatiga respublikada xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni ma’lum qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinni egallab turibdi – 842 ta.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 331 ta hamda 245 ta yangi tashkil etilgan korxonalar soni bilan Turkiya va Xitoy joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Qozog‘iston – 174 ta;
- Koreya – 79 ta;
- Tojikiston – 62 ta;
- Qirg‘iziston – 56 ta;
- AQSh – 40 ta;
- Germaniya – 37 ta;
- Ozarboyjon – 34 ta;
- Turkmaniston – 24 ta;
- boshqalar – 653 ta.
Mavzuga oid
12:36 / 19.02.2026
Yangi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘ldi
13:54 / 13.02.2026
Xitoy, Rossiya va Turkiya - O‘zbekistonda eng ko‘p korxona ochgan davlatlar
14:38 / 11.02.2026
Faol korxonalar soni bir yilda 9 foizga oshdi
15:04 / 26.01.2026