Jahon | 21:44 / 31.12.2022
19977
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiyaning 2023 yildagi asosiy maqsadini aytdi

Turkiya prezidenti mamlakat siyosat va iqtisodiyotda dunyo yetakchilaridan biriga aylanishi kerakligini aytdi.

Foto: Turkiya prezidentining rasmiy sayti

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatining 2023 yildagi maqsadi siyosat va iqtisodiyotda jahon yetakchilaridan biriga aylanish ekanini aytdi.

«Maqsadimiz nafaqat global siyosat va iqtisodiyotning oliy ligalariga kirish, balki Turkiyaning birinchi o‘rinni egallashiga imkon beradigan siyosiy va iqtisodiy kuchga ega bo‘lishdir», dedi u.

Erdo‘g‘an so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil Turkiya uchun «o‘ziga xos» bo‘lishi kerak, chunki mamlakat respublikaning 100 yilligini nishonlaydi.

«Turkiya nafaqat yangi yilni nishonlamoqda, balki respublika tashkil topgani 100 yilligini ham nishonlaydi. So‘ngra yangi davrga qadam qo‘yadi», deb qo‘shimcha qildi prezident.

Turkiya Respublikasi 1923 yil 29 oktyabrda e’lon qilingan.

Avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqara O‘rtayer dengizi havzasi, Kaspiy dengizi va Yaqin Sharqdan Yevropaga energiya yetkazib beruvchi markazga aylanish niyatida ekanini aytgan edi. Turkiya prezidenti, shuningdek, Anqara ham energetik qaramlikdan qutulmoqchi ekanini ta’kidladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid