"O‘zbekneftgaz": dekabr oyida umumiy gaz zaxirasi 6,7 mlrd kub metrdan ko‘p bo‘lgan ikkita yangi kon ochildi
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida bir qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Buxoro viloyati hududida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida amalga oshirilgan neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari doirasida joriy yilning dekabr oyida 2 ta yangi – “Moyquduq” va “Yangi Tegirmon” gazkondensat konlari ochildi.
Ushbu konlar “O‘zbekneftgaz” AJ va Davlat geologiya qo‘mitasi mutaxassislari hamkorligida olib borilgan kompleks chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida aniqlandi.
Mukammal tahlillarga tayangan holda “Moyquduq” va “Yangi Tegirmon” konlarida dastlabki 1-sonli quduqlar qisqa muddatlarda mos ravishda 2670 va 2140 metr chuqurlikkacha muvaffaqiyatli burg‘ilab tugatildi.
Quduqlardagi istiqbolli qatlamlarning tabiiy gazga mahsuldorligini baholash maqsadida bajarilgan sinov-o‘zlashtirish ishlar natijasida ularning har biridan kunlik 150-125 ming kub metr miqdorida tabiiy gaz mahsuloti olinib, “Yangi Tegirmon” va “Moyquduq” yangi gazkondensat konlarining ochilishiga erishildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, “Moyquduq” va “Yangi Tegirmon” konlarida mos ravishda 1,7 va 5,0 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz hamda umumiy 150 ming tonnadan ortiq gaz kondensati xomashyosi zahiralari mavjudligi bashorat qilinmoqda.
Hozirda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirishni ta’minlash maqsadida ushbu konlarda navbatdagi 2-sonli quduqlarni burg‘ilash uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan yuqoridagi tadbirlarni samarali bajarish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida Respublikada geologiya sohasini rivojlantirish va uning barcha bo‘g‘inlarida islohotlarni olib borish, shuningdek bu boradagi kelgusi 10 yillik dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish hamda 6 ming metrdan ortiq chuqurliklarda yangi gaz konlarini topish kabi maqsadli vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsad qilingan.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024