Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy navbatdagi raketa zarbalari fonida rossiyaliklarga murojaat qildi
31 dekabr kuni Rossiya Ukraina hududiga navbatdagi raketa zarbalarini amalga oshirdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy navbatdagi raketa yomg‘iri fonida rossiyaliklarga rus tilida murojaat qildi.
«Bu gaplarimni rus tilida aytmoqchiman. Rossiyaliklar, siz olib borayotgan urush propagandachilaringiz aytayotgani kabi NATOga qarshi emas, bizga qarshi. Bu hech qanaqa tarixiy urush emas, bir kishi oxirgi kunigacha hukumat tepasida qolishi uchun bo‘layotgan urush.
Sizning yetakchingiz uning orqasida harbiylar turganini, o‘zi esa oldinda ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘lmoqda. Lekin aslida u harbiylar, raketalar, o‘z saroylarining devorlari ortiga bekinmoqda.
U sizning ortingizga yashirinib mamlakatingiz va kelajagingizni yoqmoqda. Bu terror uchun hech kim sizni kechirmaydi, Ukraina aslo kechirmaydi», dedi Zelenskiy doimgi kechki murojaati davomida rus tilida.
Mavzuga oid
21:35 / 06.06.2026
Abramovich Kiyevda Zelenskiy bilan uchrashgan – ukrainalik deputat
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
08:10 / 06.06.2026
Ukraina BMT Xavfsizlik kengashini favqulodda yig‘ilishga chaqirdi
22:29 / 05.06.2026