Jahon | 11:33 / 03.01.2023
5943
3 daqiqa o‘qiladi

NATO bosh kotibi: Bir qator ittifoqchilar mudofaaga ko‘proq hissa qo‘shmoqchi

NATO bosh kotibiga ko‘ra, ba’zi ittifoqchilar joriy yalpi ichki mahsulotning ikki foizini minimal darajaga aylantirmoqchi. Yyens Stoltenberg mudofaa vazirlari o‘rtasida ushbu masala bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Yyens Stoltenberg / Foto: AFP

NATO bo‘yicha bir qator ittifoqchilar mudofaa xarajatlari maqsadlarini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yyens Stoltenberg 3 yanvar, seshanba kuni e’lon qilingan dpa nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

«Ba’zi ittifoqchilar hozirgi 2 foizlik maqsadni minimal darajaga aylantirish tarafdori», - dedi Stoltenberg. 

Bu boradagi muzokaralarga Shimoliy Atlantika kengashi raisi rahbarlik qiladi. 

«Biz uchrashamiz, vazirlar uchrashuvlari, poytaxtlarda muzokaralar o‘tkazamiz. Vazifa - NATOning navbatdagi navbatdagi sammitidan kechiktirmay kelishuvga erishish. U Vilnyusda 11 va 12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi», dedi Stoltenberg. 

2014 yilda Uelsda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida yalpi ichki mahsulotning (YaIM) ikki foizini mudofaaga ajratish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkich kelishib olingan edi. Yyens Stoltenberg hozirgi bosqichda qaysi ittifoq davlatlari tuzatish talab qilishiga aniqlik kiritmadi. 

Dpa diplomatik manbalarga tayanib xabar berishicha, gap NATOdagi sharqiy ittifoqchilar – Polsha va Litva, shuningdek, Buyuk Britaniya haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. 

Germaniya va Kanada, Belgiya kabi bir qator boshqa davlatlar bu g‘oyaning muxoliflari sanaladi. Bugungi kunda ular mudofaa uchun YaIMning ikki foizidan ancha kamini sarflamoqda. 

Masalan, Germaniya uchun 2022 yil oxirida bu ko‘rsatkich atigi 1,44 foizni tashkil qilishi kutilgan edi. 

Avvalroq, 2022 yil 16 dekabrda Yyens Stoltenberg AFP agentligiga bergan intervyusida Kreml Ukrainada uzoq davom etadigan urushga hozirlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan edi. Shu munosabat bilan ushbu mamlakatni qo‘llab-quvvatlayotgan NATOning barcha davlatlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin «jang maydonida g‘alaba qozona olmasligini» anglamaguncha, Kiyevni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etishi kerak», deya ta’kidlab o‘tdi Stoltenberg. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin Ukraina ustidan nazoratni qo‘lga kiritish maqsadidan voz kechgani haqida hozircha hech qanday alomat yo‘q. «Rossiyani past baholamaslik kerak. Rossiya uzoq urushni rejalashtirmoqda», - deya ogohlantirdi alyans bosh kotibi. «Biz ular (Rossiya rasmiylari) ko‘proq kuchlarni safarbar qilayotganini, katta yo‘qotishlarga tayyorligini, ko‘proq qurol va o‘q-dorilarga ega bo‘lishga harakat qilayotganini ko‘ryapmiz. Prezident Putin uzoq urush va yangi hujumlarning boshlanishiga tayyor ekanini tushunishimiz kerak», - deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg. 

2022 yilning 24 martida NATO davlatlari bosh kotib Yyens Stoltenbergning mandatini yana bir yilga, 2023 yil 30 sentabrgacha uzaytirishga kelishib oldi. 

Mavzuga oid