Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya temiryo‘llari O‘zbekistondan ba’zi yuklarni tashish uchun chegirmalarni uzaytirdi
Jumladan, meva va sabzavotlarni import qilish uchun 50 foizlik chegirma saqlanib qoldi.
Rossiya Federatsiyasida temiryo‘l orqali yuk tashish tariflari yangi yildan boshlab 2021 yilga nisbatan 8 foizga oshdi. Bu haqdagi Federal antimonopoliya xizmati (FAX) qarori 1 yanvardan kuchga kirdi.
Shu bilan birga, Rossiya temiryo‘llari (RTY) bir qator yuklarni tashish uchun chegirmalar muddatini uzaytirdi.
Jumladan, meva va sabzavotlarni Tojikiston va O‘zbekistondan import qilish uchun 50 foizlik chegirma saqlanib qoldi. Ushbu chegirma 2021 yilda joriy qilingan edi.
Rossiyaning PEK logistika kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar-sentabr oylarida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foizga oshib, 5,3 milliard dollarga yetgan.
Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi prognozlariga ko‘ra, 2022 yil yakuni bo‘yicha Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,8 milliard dollardan 8,5 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
12:12 / 09.06.2026