Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qimachilik mahsulotini eksport qiluvchilar tashish xarajati kompensatsiya qilinadi
Prezidentning «Tadbirkorlik sub’yektlari eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Prezidentning «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, shuningdek, mahalliy mahsulotlarning yangi istiqbolli bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport bilan bog‘liq kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga kreditning so‘ndirilgan qismiga mutanosib ravishda qo‘shimcha kreditlar ajratishga ruxsat etiladi;
2024 yil 1 yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama, trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda tashish xarajatlarining 70 foizini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar taqdim etish hamda eksport qilishda tashish xarajatlari bir qismini kompensatsiya qilish tartiblariga tegishli o‘zgartirish kiritiladi.
Mavzuga oid
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026