Bahorda biz jiddiy hujumni rejalashtiryapmiz - Ukraina razvedkasi boshlig‘i
Maqsad – Qrimdan Donbassgacha bo‘lgan hududlarni ozod qilish va Rossiya Federatsiyasini mag‘lub etish.
2023 yil bahorida Ukraina jiddiy hujum boshlashni rejalashtirmoqda, dedi mamlakat harbiy razvedkasi rahbari Kirill Budanov ABC telekanaliga bergan intervyusida.
Budanovning ta’kidlashicha, qarshi hujum Ukrainaning bosib olingan barcha hududi bo‘ylab, Qrimdan Donbassgacha amalga oshiriladi. «Maqsad - ushbu hududlarni ozod qilish va Rossiya Federatsiyasini mag‘lub etish», dedi u.
ABC jurnalisti Budanovdan 2022 yil dekabr oyida Rossiya havo bazalariga berilgan so‘nggi uchta zarba haqida izoh so‘radi, ammo u bu haqda faqat urush tugaganidan keyin gapirish mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu zarbalardan juda xursand va kelajakda ham shunday hujumlar sodir bo‘ladi deb o‘ylaydi.
Budanov, shuningdek, Rossiyaning qurol-yarog‘ zaxirasi tugayotganini aytdi. Bu Rossiya Federatsiyasini arzonroq yechimlarni izlashga, masalan, Eron dronlarini olishga majbur qilmoqda.
«Rossiya endi dunyoga harbiy xavf tug‘dirmaydi, bu shunchaki uydirma, yagona savol – yadro arsenali va nazoratsiz rejim, bu butun dunyoni Rossiyani yadrosizlantirish zarurligini anglashga majburlaydi», deb qo‘shimcha qildi u.
Avvalroq, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Rossiya ham katta ehtimol bilan 2023 yilning bahorida keng ko‘lamli hujumga tayyorlanayotganini aytgan edi.
«Rossiyadagi qisman safarbarlik ish berdi. Ruslar 200 mingga yaqin yangi askar tayyorlamoqda. Ular yana Kiyevga hujum qilishiga shubham yo‘q», degan edi Zalujniy.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024