Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA astronavti Kanningem 90 yoshida vafot etdi
1968 yilda «Apollon 7»da parvoz qilgan Uolter Kanningem 91 yoshida Xyustonda vafot etdi.

Uolter Kanningem / Foto: Getty Images
1968 yilda «Apollon» seriyasining birinchi boshqariladigan kosmik kemasi - «Apollon 7»da parvoz qilgan va Yerning past orbitasida 11 kun bo‘lgan amerikalik astronavt Uolter Kanningem 91 yoshida Texasning Xyuston shahrida vafot etdi. Bu haqda 3 yanvar, seshanba kuni AQSh Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) ma’lum qildi.
«Uolter Kanningem qiruvchi uchuvchi, fizik, tadbirkor edi - lekin eng muhimi, u tadqiqotchi edi», dedi NASA direktori Bill Nelson. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanningem missiyasi Amerikaning Artemis ("Artemida") oyni tadqiq qilish dasturini ishlab chiqishga hissa qo‘shgan.
«NASA uning mamlakatimiz kosmik dasturiga qo‘shgan hissasini doim yodda tutadi va Kanningem oilasiga hamdardlik bildiradi», — deyiladi boshqarma xabarida.
«Dunyo yana bir haqiqiy qahramonini yo‘qotdi, biz uni juda sog‘inamiz», - dedi astronavtning yaqinlari o‘z navbatida.
Kanningem 1932 yil 16 martda Ayova shtatining Kreston shahrida tug‘ilgan. U 1951 yilda AQSh harbiy-dengiz kuchlariga xizmatga kirgan, 1963 yilda esa astronavt bo‘lish uchun tanlangan.
NASA ma’lumotlariga ko‘ra, "Apollon 7" ekipajiga tayinlanishidan oldin Uolter Kanningem "Apollon 2"ning bosh ekipaj a’zosi va "Apollon 1" missiyasida muqobil Oy moduli uchuvchisi bo‘lgan.
1968 yil 11 oktyabrdan 22 oktyabrgacha u "Apollon 7"da parvoz qildi. U astronavtlar Uolter kichik Shira va Don Ayzli bilan birgalikda "Saturn-1B" raketa tashuvchisining uchinchi bosqichidan foydalanib, Oy orbitasiga tutashish va chiqish uchun zarur bo‘lgan manyovrlarni mashq qilgan.
Ekipaj sakkizta sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi, xizmat moduli dvigatelini ishga tushirdi, barcha kosmik kema tizimlarining aniqligini o‘lchadi va bortdagi ekipaj harakatlarining birinchi jonli teleko‘rsatuvini taqdim etdi, deya xabar berdi AQSh kosmik agentligi.
Kanningem 1971 yilda NASA'dan nafaqaga chiqdi va turli texnik va moliyaviy tashkilotlarga rahbarlik qildi. Shunday qilib, u Century Development Corp., Hydrotech Development Company va 3D International kompaniyalarida yuqori lavozimlarda ishlagan. Astronavtlar shon-sharaf zaliga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025
Mavzuga oid

18:13 / 05.07.2025
Astronavt koinotdan Yer ustidagi ulkan spraytni ko‘rsatdi

17:22 / 03.07.2025
NASA Quyosh tizimida «chaqirilmagan mehmon» paydo bo‘lganini aniqladi

17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi

01:03 / 08.05.2025