Öquvçilar kimyo, fizikani yaxşi öqiyotganmidi? – haypga aylangan fikr va asl ahvolimiz
|16:42 / 04.01.202322 9158 min
Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi Şerzod Qudratxöjaning fizika va kimyo fanlari örniga kreativ fanlar qöyiş kerakligi haqidagi fikrini deyarli hamma tanqid qilmoqda. Ayni şu mavzu kötarilganda yangi taşkil etilgan Maktab va maktabgaça ta’lim vazirligi bu fan darsliklari, öqitiş metodlarini bir körib çiqar balki. Sababi bu fanlardan öquvçilarning özlaştirişi havas qilarli emas.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Haypga sabab bölgan fikr
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori va Özbekiston Milliy media assotsiatsiyasi raisi Şerzod Qudratxöja press klub davomida fizika va kimyo fanlari örniga kreativ fanlar qöyiş kerakligi haqida fikr bildirgan. Uning fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab bölmoqda.
“Hozir maktabda 22 ta fan bor. Endi yoşlarga kreativ sohalarda dars berişimiz kerak. Fanlarni ham, dars soatlarini ham körib çiqişimiz kerak. Masalan, esimda, maktab öqigan davrimizda kimyoning, fizikaning içiga juda çuqur kirib ketardik. Men özim ham qiynalardim. Bugun hayotimda bu fanlar kerak bölmaydi. Balki bugun biz bolalarga boşqa fanlarni öqitarmiz”, – degan u.
Uşbu jumlalar tanqidlarga uçragaç, Şerzod Qudratxöja öz fikrini izohlab videomurojaat qoldirdi. Videoda ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan gapini notöğri tuşunmasliklarini sörab, kelajakda gumanitar sohani egallaydigan öquvçilarga fizika yoki kimyo fanlarini öqitiş kerakligi, har bir inson qaysi kasbni tanlamasin, mavjud ilmiy paradigma asosida dunyo qanday tuzilganini bilişi şartligini ham qöşimça qilgan.
Holatga Maktab va maktabgaça ta’lim vaziri Hilola Umarova ham munosabat bildirib, fizika va kimyo öqitilişi bekor qilinişi heç bir asosga ega emasligini ma’lum qildi.
Fizika va kimyodan ahvolimiz qanday?
Garçi köpçilik tomonidan fikrlar tanqid qilinib, bu ikkala fanning ahamiyati aytilayotgan bölsa-da, asl holatda maktab bitiruvçilarining kimyo va fizikani özlaştiriş darajasi havas qilarli emas. Ya’ni bu fanlarni öquvçilar yaxşi öqiyapti deb aytiş qiyin. Aksar öquvçi ijtimoiy fanlar: tarix, ona tili, çet tiliga köproq urğu bermoqda. Buni OTMga kiriş imtihonlarining natijalari orqali ham tahlil qiliş mumkin.
Masalan, Özbekiston milliy universiteti kunduzgi ta’lim fizika yönalişida kontrakt uçun ötiş balli 92,4 ballni (maksimal ball – 189), kimyoga esa 78,5 ballni taşkil qilgan. Soliştiriş uçun köriş mumkinki, tarix yönalişining kontraktiga ötiş balli 154,35 ball, filologiya va tillarni öqitiş: ingliz tiliga ötiş balli esa 140,7 ballni taşkil qilgan.
qaysidir yönalişi kontraktiga iliniş uçun 65 ball ham yetarli ekani haqiqiy ahvolni körsatadi.
Mana şu soliştirişning özi ham hayp kötarilişi bahonasida mas’ullarni yana bir marta öylantirişi kerak.
Nima uçun?
Sababi fizika va kimyo bugun dunyoni yangi bosqiçga olib çiqayotgan innovatsiya va yangi fanlarning asosini taşkil qiladi. Bu fanlarni yaxşi özlaştiriş innovator böliş imkonini beradi.
Fizika atrofimizdagi dunyo qanday tuzilganini anglaş imkonini beradi. Telefon apparatidan tortib öpka, miya faoliyati, maşinalar işlaşi, kameraning qanday tasvir olişi – hammasining harakatini fizika yordamida örganiş mumkin.
Fizikani öqiş insonning tahlil qiliş va muammolarni yeçiş qobiliyatini rivojlantiradi. Bu qobiliyatlar muhandislik, tibbiyot, qolaversa, iqtisod, menejment, huquq, moliya kabi yönalişlarda ham asqatadi.
Fizikaning karera uçun ham ahamiyati katta. Bu fanni yaxşi öqigan kadr dunyo miqyosidagi kasb bozorida ham eng yangilarini egallaşi mumkin böladi. Lazer muhandisligi, optik muhandislik, dasturiy muhandislik, data analitik kabi yönalişlar şular jumlasidan.
Xuddi şuningdek, kimyo ham muhimlik darajasi yuqori fan hisoblanadi. Yer, suv, havo, ösimliklar va hattoki inson ham kimyodan iborat. Daraxtlar bargi nega sarğayadi, ösimliklar nega yaşil, sovun qanday qilib kirlarni ketkazadi degan qiziqarli savollarga javob topiş uçun ham kimyoni biliş kerak. Hatto kiçik yoşli bolasi bor onalar ham kimyoni tuşunsa, farzandining köp savollariga javob topişlari mumkin.
Bundan taşqari, kimyoni yaxşi biliş köplab daromadli kasblarni egallaş imkonini ham beradi. Masalan, Mendeleyev olimpiadasida kumuş medal olgan kimyoni yaxşi köradigan öquvçi qiz Maftuna Badalova Kun.uz’ga bergan intervyusida kelajakda nano va ilğor texnologiyalar yönalişini tanlamoqçi ekanini aytgandi.
Bizda fizika, kimyo darsliklari murakkabmi?
Şerzod Qudratxöjaning fanlar haqida aytgan kiçik video parçasi haqida köpçilik öz fikrini yozib qoldirmoqda.
“...aniq fanlar özi qiyin emas. Lekin darsliklarimiz haddan taşqari qiyinlaştirib taşlangan va bolalarni bezdirib yuborgan. Fanlarni tuşuntirişning eng sodda va qulay usullari bor. Buning uçun na fin tajribasi, na yana qandaydir pedtexnologiyalar şart emas. Mavzu haqida tasavvur bölsa, qolganini bola özi qidirib topadi.
Kimyo eng sevgan fanim edi. Rahmatli ustozimiz juda sodda tuşuntirardilar, kitobning keragi yöq edi. Qiziqiş ustun kelib, Muftaxovning “Kimyodan olimpiada masalalari va ularning yeçimlari”, Magdeseyevaning “Kimyodan masalalar”, Budrujakning “Olimpiadnyye zadaçi po ximii”, “Polskiye ximiçeskiye zadaçi” kitoblarini qidirib topib öqiganman. Muftaxovning kitobini Toşkentdan olib kelib berişgan, xazina topgandek edim, 9-sinfda öqirdim.
Kuzatişim böyiça bizning xalq bolalari aniq fanlarga köproq qiziqadi. Fanning murakkab masalalarini yeça oliş qobiliyati kuçli. Aniq fanlarni öqitişni soddalaştiriş kerak. Kerak bölsa, şöro davri darsliklari tajribasini oliş kerak. Bolalarni bezdiriş emas, intilişlarini rağbatlantiriş kerak.
Şuni esdan çiqarmaslik kerakki, zamonaviy fan asosi kimyo va biologiya bölgan nanotexnologiya va nanobiotexnologiyani örganmoqda”.
Bolaligimda adabiyotga va şe’riyatiga qiziqar edim. Lekin majburiy ta’lim davomida kimyo faniga bölgan qiziqişim ortgan va adabiyotdan uzoqlaşib, kimyo fanini çuqur örganişga ahd qilganman.
Maktabda kimyo va fizika fanlari murakkab bölgani uçun ham özlaştiriş qiyinligi rost. Bu fanlar majburiy ötilişi bilan bolalar fizik yoki ximik bölib ketmaydi, fanlar ulardagi boşlanğiç bilim va könikmalarni şakllantiriş uçun ham zarur.
Kelajak kasblarini tanlaşda ham bu fanlarning ahamiyati katta va oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi, tibbiyot, farmatsevtika, atrof-muhit muhofazasi, neft-gaz sanoati, silikat moddalari, quriliş materiallari işlab çiqariş jarayonlari kimyo fani bilan çambarças boğliq.
Fizika fani esa energetika, mexanika, astronomiya, jarayonlarni avtomatlaştiriş va boşqa köplab hayotiy voqealar bilan uzviy boğliq.
Men uçun bu fanlar heç qaçon kerak bölmagan deyişga şoşilmang! Benzin, propan, metan, freon, etil spirti, sement va boşqalar siz uçun taniş sözlar şundaymi? 220 volt yozuvi bilan esa deyarli har kuni töqnaşamiz.
Agar fizika va kimyo sohasini mukammal özlaştirib olganimizda edi, yoqilği quyiş şoxobçalarida ötkazilayotgan vaqtingiz, dorilardan vafot etayotgan bolalaringiz, elektr energiyasidagi va boşqa köplab muammolarga yeçim topgan bölar edik.
Xullas, bu fanlar juda muhim va amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi”.
Haypning yaxşi tomoni
Hamma narsaning yaxşi tomoni bölganidek, aniq fanlar mavzusi kötarilib qolgan ekan, şu voqea fonida yangi taşkil etilgan Maktab va maktabgaça ta’lim vazirligi fizika, kimyo darsliklarining hozirgi holati, sodda-murakkabligi va amaliyot bilan qay darajada boğlanganini, öqitiş metodlarini bir körib çiqar balki.