Maftuna – “Mikrofon – qizlarda” ruknining navbatdagi mehmoni.
Maftuna Badalova – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab bitiruvçisi, u yaqinda Özbekistonda ötkazilgan 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumuş medalni qölga kiritdi.
Avval umumta’lim maktabida öqigan, söng ixtisoslaştirilgan maktabga imtihon asosida qabul qilingan Maftuna kimyoga kiçik yoşidan qiziqqan.
U bolaligida tabiatda sodir bölayotgan hodisalarni kuzatib, daraxtlar bargi nega yaşilligi, osmon nega kökligi haqidagi savollarga javob topişga qiziqqan va aniq fanlarni yaxşi körib öqiy boşlagan.
“Ijtimoiy fanlar menga emasligini bilganman...”
Oilada 3 farzandmiz. Yaqinlarim meni doim qöllab-quvvatlagan. Kiçkinaligimdan opamning doim dars qilişini körardim, uning böş vaqti bölmasdi. Bu menga ta’sir qilgan deb öylayman. Opam kabi men ham vaqtimni bekor ötkazmaslikka harakat qila boşlaganman.
Televizor körsam ham, asosan, hujjatli filmlar körardim. Bu filmlarni oila davrasida muhokama ham qilardik.
Ijtimoiy fanlar men uçun emasligini sezardim. Sababi bolaligimdan kirişuvçan emasman, odamlar bilan tez til topişib keta olmayman.
Boşida matematika fanini yaxşi öqiganman. 5-6-sinflardan boşlab kimyo, biologiya fanlari qöşildi. Matematikam yaxşi bölgani uçun kimyo menga yaqin tuyulgan.

Maktab darslari qoniqtirmagan, “self-study” qilganman
Maktab darslaridan unçalik könglim tölmasdi, özim mustaqil örganişga, uy şaroitida ötkazib köriş mumkin bölgan tajribalarni bajarib körişga harakat qilardim. Ixtisoslaştirilgan maktabga ötgaç, kuçli öqituvçilardan dars ola boşladim. Bu yerdagi muhit ham meni köproq öqişga undadi.
Maktabimizda kimyo, biologiya çuqurlaştirib öqitiladi. Boşida kimyoni yaxşi körsam ham qiynalardim. Bunaqa paytda ustozlarning ham qöllab-quvvatlovi muhim, menimça.
“Oltinga ozgina yetmay qoldi...”
Mendeleyev olimpiadasida 16 ta davlatdan 100 ga yaqin öquvçilar qatnaşdi. Olimpiada 3 ta turda ötkazildi. Olimpiada menga katta sinov böldi, xatolarimni anglab oldim. Menga oltin medalga ozgina ball yetmay qoldi. Şunisi alamli böldi.
Hozir 54-xalqaro kimyo olimpiadasiga tayyorgarlik köryapmiz. Belgilangan kun tartibi böyiça, kuniga 12 soatgaça, dam olişlarsiz dars qilyapmiz. Olimpiada yozda bölib ötadi.


Kelajak tanlovi
IELTS ballim – 7. Hamma mutaxassislikka ham çet tili kerak. Çunki xalqaro tillarda istalgança foydali ilmiy maqolalar topiş va ulardan örganiş mumkin.
Kelajakda nano va ilğor texnologiyalar yönalişidan ketişni xohlayman. Hozirgaça bir qança xorij universitetlariga hujjat topşirdim va topşiryapman. Çet elda öqişimga uydagilarim qarşi emas, ular meni qöllab-quvvatlaşadi.
Nano va ilğor texnologiyalar yönalişi hali yangi, lekin bu yönaliş tibbiyot, sanoatda yangi ufqlarni belgilab bermoqda. Men xorij tajribasini örganib kelib, Özbekistonga tatbiq etişga harakat qilmoqçiman.
“Ilm-fan hammaga qiziq bölişi kerak”
Ilm-fan hammaga qiziq bölişi kerak, deb öylayman. Kimyo, biologiya fanlari qiyin, bu – men uçun emas, deb hisoblaydiganlar köp. Lekin bu kabi öylovlarini yöqotiş kerak. Kimyo, biologiya zerikarli emas, qiziqarli fan.
Olimlar gulning faqat taşqi çiroyidan taşqari hatto hujayralar darajasidagi çiroyini ham köra oladi. Sababi olim bu hujayralarda qanday jarayonlar sodir bölişini biladi.
Bolaligimda kattalar ba’zi savollarimga javob bera olmay qolişardi. Nimaga osmon kökligi, nega barglar yaşilligini sörardim. Va öşanda hamma savollarga javob topişni aniq maqsad qilib qöygandim.
Şuning uçun kelajakda kimyo böyiça ilm qilişdan taşqari Sience communication – ilmiy kommunikatsiya yönalişida ham kitoblar yozib, yoşlarning aniq fanlarga qiziqişi uçun harakat qilmoqçiman.

Kimyogarlarga eng yaxşi jihozlar kerak
Kimyo har bir jarayonda kerak. Işlab çiqarişdan tortib inson organizmida ham turli kimyoviy jarayonlar keçadi. Hatto ijtimoiy sohalarda ham kimyoning hissasi bor. Masalan, diplomat ham, siyosatçi ham ruçka işlatadi. Ruçka işlab çiqarişda ham kimyo iştirok etadi.
Şuning uçun ham kimyoni yaxşiroq örganiş rivojlanişga yordam beradi.
Kimyoni örganişda jihozlarning ahamiyati katta. Çet elda foydalaniladigan jihozlar bizda foydalaniladiganlariga qaraganda ança zamonaviy. Özbekistonga ham şunday uskunalarni olib kelib olimlarni ta’minlaş kelajak uçun katta sarmoya böladi, deb öylayman
Nega kimyo sohasida qizlar kam?
Juda köplab sohalarda qizlar kam. Buni tan oliş kerak. Menimça, bunga stereotiplar sabab. Bizning jamiyatda “Ilm sohasi qizlarga emas, qiz bola bu işni davom ettira olmaydi. Olim böliş qiz bolaga emas”, deyişadi. Albatta, bu açinarli. Ilmda öğil bola, qiz bola, degan narsa yöq.
Qizlarga maslahatim: agar ilmga qiziqsangiz, “Bu soha sen uçun emas, qölingdan kelmaydi”, degan gaplarni tinglamang. Özingizga işonib harakat qiling.
Zilola Ğaybullayeva suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi – Mirvohid Mirrahimov.











