Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrining qator mahallalarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan bir necha mahallalarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Shayxontohur tumani Ibn Sino mavzesi, Beltepa ko‘chasidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgan.
Shu bois, 2023 yil 5 yanvar soat 10:00 dan 19:00 ga qadar Shayxontohur tumanining bir necha mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
- Beltepa ko‘chasidagi 23 ta ko‘p qavatli uy;
- Ibn Sino mavzesidagi 13 ta ko‘p qavatli uy;
- Jarariq mavzesidagi 21 ta ko‘p qavatli uy;
- Mingtepa ko‘chasidagi 4 ta ko‘p qavatli uy;
- Yangi Jarariq mahallasidagi 900 ta xonadon;
- Oqibat ko‘chasidagi 150 ta xonadon;
- Uyg‘un ko‘chasidagi 150 ta xonadon;
- Ipakchilik mahallasidagi 140 ta xonadon.
Shuningdek, 8 ta novvoyxona, 14 ta ovqatlanish shoxobchasi, 8 ta ishlab chiqarish korxonasi hamda 4 ta MTT da ham gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
3-Issiqlik markazida gaz bosimi me’yoridan past bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:26 / 09.07.2026
Jahon gaz bozorida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
17:51 / 22.06.2026