Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda har 1000 kishiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda
2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 87 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
Bu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan 6 taga oshgan.
2022 yilning 1 yanvar holatiga MDH davlatlarida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni:
- Rossiya – 328 ta;
- Belarus R. – 324 ta;
- Qozog‘iston – 189 ta;
- Qirg‘iziston – 161 ta;
- Ozarboyjon – 128 ta;
- O‘zbekiston – 87 ta;
- Tojikiston – 46 ta.
Raqamlar davlatlarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan olingan.
Mavzuga oid
10:19 / 14.07.2026
O‘zbekistonga kelgan turistlar soni qariyb 25 foizga oshdi
17:51 / 13.07.2026
O‘zbekistonda gazetalar soni 15 yilda uch barobar kamaydi
11:55 / 10.07.2026
Ta’lim xizmatlarida oliy ta’lim eng katta ulushga ega bo‘ldi
15:39 / 09.07.2026