Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainadagi urush: Putin vaqtincha o‘t ochishni to‘xtatishni buyurdi
Bu haqda Rus pravoslav cherkovi patriarxi Kirill murojaat qilgan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 yanvar kuni nishonlanadigan pravoslav Rojdestvo bayrami munosabati bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish rejimini joriy etish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda Kreml ma’lum qildi, deb xabar berdi «Interfaks».
O‘t ochishni to‘xtatish rejimi 6 yanvar soat 12:00 dan 7 yanvar soat 24:00 gacha amal qiladi. Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga patriarx Kirillning murojaati munosabati bilan shunday buyruq bergan.
«Jang hududlarida pravoslavlikni tan olgan ko‘plab fuqarolar istiqomat qilayotganidan kelib chiqib, biz Ukraina tomonini o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qilishga va odamlarga Rojdestvo arafasida, shuningdek, Rojdestvo bayramida diniy marosimlarda qatnashish imkoniyatini berishga chaqiramiz», deyiladi Putin buyrug‘ida.
5 yanvar kuni ertalab patriarx Kirillning rus pravoslav cherkovi saytida «o‘zaro mojaroga aloqador barcha tomonlarni» Rojdestvo sulhiga chaqiruvchi murojaati e’lon qilingan edi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning kabinetida Rus pravoslav cherkovi rahbarining taklifi «bema’ni tuzoq va tashviqot elementi» deb ataldi. Ukraina prezidenti devonining maslahatchisi Mixail Podolyak rus pravoslav cherkovi global pravoslavlik uchun avtoritet emasligini ta’kidladi va «urush targ‘ibotchisi» rolini o‘ynashini, shu jumladan «ukrainaliklarni genotsid qilishga» chaqirayotganini aytdi.
Mavzuga oid
18:44
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026