Turkiya va unga tutaş qator hududlar 14-asrdan 20-asrgaça Usmoniylar imperiyasi nazoratida bölgan. Bu davr mobaynida usmoniy sultonlar avvaliga (1460 yildan 1856 yilgaça) Istanbul (Konstantinopol)dagi “Töpkapi” saroyida, 19-asr örtalaridan esa “Dölmaboğça” saroyida yaşab faoliyat yuritgan.

Istanbulning Yevropa qismida joylaşgan “Dölmaboğça” saroyi – 1842–1853 yillar davomida Sulton Abdulmajid davrida qurilgan. U 14,5 ming kvadrat metr maydonga ega bölib, Turkiyadagi eng yirik monoblok saroy hisoblanadi.

1924 yilga qadar saroyda Usmonlilarning 6 nafar sultoni va oxirgi xalifasi yaşagan. Şuningdek, saroydan Turkiya Respublikasi asosçisi Mustafo Kamol Otaturk ham 4 yil davomida foydalangan. Keyinroq, 1938 yilda Otaturk şu saroyda vafot etgan.

“Dölmaboğça” saroyi 1949 yilga qadar Turkiya jumhuriyati yetakçilari uçun rezidensiya vazifasini ötagan. Şundan keyin bir neça marta muzey sifatida oçilib, yopilgan. 1984 yildan boşlab “Dölmaboğça” töliq saroy-muzey sifatida özidagi asl jihozlari bilan jamoatçilik uçun oçilgan.

Bosfor böğozi böyida joylaşgan saroy mahobatli bölib, 3 ta yirik qismga bölingan. Sultonlar davlat işi bilan şuğullanadigan – Ma’muriy qism, sultonning oilasi yaşaydigan – Haram. Bu ikki qism orasida katta tantanalar zali bölib, u yerda sulton mehmonlarini qabul qilgan.

Foto: Turkiya Milliy saroylar direksiyasi