Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bir oyda pomidor va bodring narxi deyarli 25 foizga oshdi
Dekabr oyida uzum o‘rtacha 7,7 foizga oshgan, limon narxlari 13,6 foizga arzonlashgan.
2022 yilning dekabr oyida meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining noyabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha o‘zgarish holati e’lon qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyida bodring narxi o‘rtacha 23,9 foizga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- pomidor – 23,8 foizga oshgan;
- piyoz – 9,9 foizga oshgan;
- tarvuz – 9,2 foizga oshgan;
- uzum – 7,7 foizga oshgan;
- qovun – 4,6 foizga oshgan;
- sabzi – 3,7 foizga oshgan;
- nok – 3,3 foizga oshgan;
- anor – 3,3 foizga oshgan;
- olma – 2,3 foizga oshgan;
- kartoshka – 2,4 foizga oshgan;
- shaftoli – 2,3 foizga oshgan;
- turp – 0,1 foizga oshgan.
O‘z navbatida, quyidagi mahsulotlar narxida pasayish kuzatildi:
- mandarin – 14 foizga arzonlashgan;
- limon – 13,6 foizga arzonlashgan;
- apelsin – 7,3 foizga arzonlashgan;
- banan – 4,7 foizga arzonlashgan;
- sholg‘om – 0,1 foizga arzonlashgan.
Mavzuga oid
00:43 / 31.05.2026
Rossiya O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari olib kirilishiga taqiq o‘rnatmagani ma’lum qilindi
16:32 / 14.05.2026
Avtomobil bozori. Narxlar qanday o‘zgaryapti?
17:43 / 11.05.2026
Gaz to‘ldirish shoxobchalarida propan narxi qimmatlashdi
21:34 / 06.04.2026