Özbekistonda «Dok-1 Maks» preparatini qabul qiliş oqibatida bolalar hayotdan köz yumgani bilan boğliq fojia Özbekiston soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohasida muammolarni yaqqol körsatdi. «Yuksaliş» umummilliy harakati faqatgina barça tomonlarning sa’y-harakatlarini birlaştiriş orqaligina kelgusida bunday holatlarning oldini oliş mumkinligini bildirdi va bu borada bir neça takliflar bilan çiqdi.
Birinçidan, dori vositalarini nazoratsiz qöllaş amaliyotini töliq qayta körib çiqiş zarur, deb hisoblaymiz. Çunki biz qaysi dorini içiş böyiça köpinça şifokor bilan emas, dorixona sotuvçilari bilan maslahatlaşamiz. Köplab dori vositalarini şifokor retseptisiz osongina aptekadan xarid qilişimiz mumkin va bu dorilardan notöğri foydalaniş xavfini yaratmoqda.
Turli mamlakatlarda ötkazilgan tadqiqotlar şuni körsatmoqdaki, şifoxonalarga yotqizilgan bemorlarning örtaça 10-20 foizida dorilar nojöya ta’sir qilganlik holati kuzatiladi, qiziği, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu körsatkiç ikki baravar yuqorini taşkil qiladi.
2008—2018 yillarda Özbekistonda dori vositalari bilan özini özi davolaş natijasida soğliqning yomonlaşganligi bilan boğliq 2 300 ta holat röyxatga olingan.
Şuning uçun, avvalo, ommaviy axborot vositalarida dorilarning bevosita reklamasiga çeklovlar joriy etiş zarur, deb hisoblaymiz. Xususan, dori vositalari reklamasini faqat Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi ruxsati bilan amalga oşiriş. Kelgusida OAVda dorilarining bevosita reklamasini taqiqlaş imkoniyatini körib çiqiş. Şu maqsadda Turkiya, Şveytsariya, Kanada kabi mamlakatlarning bu boradagi tajribasini örganiş.
JSST ma’lumotlariga köra, dori vositalarini nazoratsiz qöllaş va özini özi davolaş darajasining oşişi aynan reklama bilan boğliqdir. Bunday davolaniş natijasidagi ölim holatlari jarohatlar, qon aylaniş kasalliklari, onkologik va pulmonologik kasalliklardan keyin 5-örinda turadi. Albatta, iste’molçilar dori-darmonlarni qöllaşdan kelib çiqadigan nojöya ta’sirlar, ularning muvofiqligi va organizmning individual reaksiyasi xavfini baholay olmaydi.
Haqiqatan biz dori-darmonlarga oddiy iste’mol tovari sifatida qaraymiz va bu – vaziyatni yanada oğirlaştiradi. Şuning uçun mazkur masala har 100 ming aholiga örtaça 25—27 ta dorixona töğri keladigan Özbekiston uçun dolzarbdir.
Ikkinçidan,

















