Qozoğiston hukumati Qozoğiston va Rossiya va Belarus hukumatlari, şuningdek, Qozoğiston Milliy banki va qolgan ikki mamlakatning markaziy banklari örtasidagi tanga va rubllarning kurslarini barqarorlaştiriş, özaro konvertlanişni ta’minlaş böyiça çora-tadbirlar töğrisidagi bitimlarni bekor qiliş töğrisida qaror loyihasini tayyorlagan.
Loyiha Qozoğiston Respublikasining Oçiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilingan. Qaror qabul qilinişiga sabab sifatida bitim özining dolzarbligini yöqotgani körsatilgan.
«Rossiya Federatsiya hukumati, Rossiya banki va Qozoğiston Respublikasi hukumati, Qozoğiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1995 yilning 20 yanvarida Moskva şahrida imzolangan rubl va tanganing kurslarini barqarorlaştiriş, özaro konvertlanişni ta’minlaş böyiça çora-tadbirlar töğrisidagi bitim bekor qilinsin», — deyiladi Rossiya bilan imzolangan bitimga doir qaror loyihasida. Belarus rebli bilan boğliq bitimda ham ayni şu sözlar keltirilgan.
Hujjatga köra, Qozoğiston Taşqi işlar vazirligiga QR uşbu bitimlar bekor qiliş niyatida ekanligi borasida Rossiya va Belarus hukumatlarini xabardor qilib qöyiş vazifasi ham yuklatilgan.
1995 yilning 20 yanvarida Rossiya va Qozoğiston örtasida rubl va tanganing özaro konvertlanişi va kurslarini barqarorlaştiriş töğrisidagi bitim imzolangan edi. Bitimga köra, ikki mamlakat Rossiya va Qozoğiston valutalarining bir-biriga va erkin konvertlanadigan valutalarga nisbatan kurslarini barqarorlaştiriş böyiça çoralarni bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş, şuningdek ularning özaro konvertlanişiga erişiş majburiyatini olişgan.
Qozoq tangasi va belarus rubli örtasida xuddi şunday bitim Belarus Respublikasi poytaxti Minsk şahrida 1996 yilning 17 yanvarida imzolangan. Hukumat qarori loyihasiga köra, Qozoğiston bu bitimdan ham çiqadi.
Ostonaning fikriça, oradan yigirma yildan köproq vaqt ötib, bitimlar öz dolzarbligini yöqotgan. Har ikki qaror loyihasining jamoatçilik örtasida oçiq muhokamasi 2023 yilning 20 yanvariga qadar davom etadi. Qaror imzolangan kundan boşlab kuçga kiradi.

















