Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Rossiya madaniyat arboblariga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 6 yanvardagi shaxsiy sanksiyalar haqidagi qarorini kuchga kiritdi.
Ro‘yxatga 119 kishi, asosan, Rossiya madaniyat arboblari kiritilgan.
Ro‘yxatdan xonandalar Irina Allegrova, Dmitriy Bilan, Larisa Dolina, «Rossiya dunyosi» ideologi Aleksandr Dugin, aktyorlar Dmitriy Dyujyev, Mixail Galustyan, qiziqchi Yevgeniy Petrosyanlar joy olgan.
Bundan tashqari, cheklov choralari teleboshlovchi Leonid Yakubovich, xonanda Filipp Kirkorov, prodyuser Iosif Prigojin, rejissyor Nikita Mixalkov va qo‘shiqchi Lolita Milyavskayaga nisbatan qo‘llangan.
Ro‘yxatda teleboshlovchi Janna Badoyeva va RT kanali bosh muharriri Margarita Simonyan bor. Ro‘yxatda sportchilar ham bor - futbol murabbiyi Anatoliy Timoshchuk.
Jazo choralari iqtisodiy xususiyatga ham ega. Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov ta’kidlaganidek, Ukraina Tashqi ishlar vazirligiga Yevropa Ittifoqi, AQSh va boshqa mamlakatlarning vakolatli organlarini sanksiyalar qo‘llanishi to‘g‘risida xabardor qilish va shunga o‘xshash choralarni joriy etish masalasini ko‘tarish topshirilgan.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
12:11 / 06.07.2026