O‘zbekiston | 17:29 / 10.01.2023
10280
2 daqiqa o‘qiladi

Hokimlarga yo‘llarni tozalash ishlarini tashkil etish va transport vositalari xavfsiz harakatini ta’minlash topshirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatda ishlab chiqarish hajmining o‘sish sur’atlarini ta’minlash, mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Asosiy masalaga o‘tishdan avval davlat rahbari mamlakatga kirib kelgan sovuq havo ta’sirini betalafot o‘tkazish choralariga to‘xtalib o‘tdi.

Barcha tuman va hududlarda tashkil etilgan shtablar uzluksiz ishlashi kerakligi, aholi ehtiyojlari tezkor hal etib borilishi shartligi ta’kidlandi.

Ijtimoiy soha obektlarini energiya va issiqlik bilan ta’minlashni alohida nazoratga olish zarurligi qayd etildi.

Barcha darajadagi hokimlarga tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda yo‘llarni tozalash ishlarini tashkil etish, transport vositalarining xavfsiz harakatini ta’minlash topshirildi.

Barcha serqatnov yo‘nalishlarda jamoat transportining uzluksiz harakati ta’minlanishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasi rahbariyati oldiga har bir viloyat, tuman va shahardagi ahvol bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatib, joylardagi muammolarni tezkor bartaraf etish vazifasi qo‘yildi.

Mavzuga oid