O‘zbekiston | 12:17 / 10.01.2023
6700
3 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekneftgaz”: yil davomida kelib tushgan murojaatlarga bo‘lgan munosabat tahlil etilib, natijalari sarhisob qilindi

O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunining 23, 34, 35- moddalariga asosan “O‘zbekneftgaz” AJga va tizim korxonalariga 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida kelib tushgan murojaatlar Boshqaruv apparati bilan ishlash departamenti tomonidan tahlil qilinib, bu bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevga hisobot berildi. 

Foto: O‘zbekneftgaz

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv apparatiga jismoniy va yuridik shaxslardan o‘tgan yili kelib tushgan murojaatlar ijrosi tahliliga ko‘ra, jami 1 230 ta murojaat kelib tushgan. Barchasi o‘rnatilgan tartibda taalluqliligi bo‘yicha mas’ul mansabdor shaxslar tomonidan ko‘rib chiqilishi ta’minlandi.

Murojaatlarning 1 118 tasi (90,9%) jismoniy shaxslardan va 112 tasi (9,1%) yuridik shaxslardan kelib tushgan.

Ulardan 

• 525 tasi (42,7%) elektron;

• 452 tasi (36,7%) yozma;

• 253 tasi (20,6%) esa og‘zaki murojaatlardir.

Tahlillarga ko‘ra, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalardan 343 tasi (27,9%) ishga kirish, 179 tasi (14,6%) mehnat munosabatlari, 160 tasi (13,0%) ish haqi va moddiy yordam, 77 tasi (6,2%) rahbarlarning xatti-harakatlari, 471 tasi esa (38,3%) boshqa masalalarni tashkil etdi. 

Murojaatlarning 610 ta(49,6%)si Qashqadaryo, 136 ta(11,0 %)si Buxoro, 44 ta(3,6 %)si Surxondaryo, 43 tasi (3,5%) Farg‘ona, 39 tasi (3,2%) Toshkent viloyatidan, 48 tasi (3,9 %) Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda 135 tasi (11,0 %) Toshkent shahridan kelib tushganligini ko‘rish mumkin. 

Murojaatlarning aksariyat qismi jamiyatning boshqaruv apparatida hal etildi, nazoratga olib ko‘rib chiqilgan jami 1 230 ta murojaatdan 347 tasi qanoatlantirildi, 863 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 3 tasi rad etildi va 17 tasi ish jarayonida.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va Xalq qabulxonalari tomonidan jami kelib tushgan 336 ta murojaatdan 331 tasining ijrosi ta’minlandi va 5 tasi ko‘rib chiqilmoqda. 

Murojaatlarga tezkor javob berish maqsadida “Onlayn-maslahatchi” moduli orqali fuqarolarga 851 ta onlayn maslahatlar berildi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJning “Ishonch telefoni” orqali aholidan tushayotgan murojaatlariga huquqiy tushuntirish va amaliy yordam ko‘rsatildi. 2022 yil davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jamiyatning “Ishonch telefoni” orqali qilingan jami 60 ta murojaat o‘rganish talab qilganligi sababli ro‘yxatdan o‘tkazilib, ijroga qaratilgan bo‘lsa, 2300 dan ortiq murojaatlarga og‘zaki huquqiy tushuntirishlar berildi.

Kelgusida ham “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi boshqarmalar, departamentlar va hududiy korxonalar rahbarlari bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rib boriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasidagi ishlar tahlili “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan alohida nazoratga olingan.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati

Mavzuga oid