11 yanvar kuni «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangçilari Donbass markazida joylaşgan Soledar şaharçasining katta qismini egallagan. Katta ehtimol bilan, şahar yaqin vaqtlar içida töliq egallanadi. Hozirça bu jang Ukraina armiyasi uçun qanday yakunlanişi ayon emas: ular şahar mudofaasidagi barça batalonlarni tartibli ravişda olib keta oladimi yoki ularning bir qismi qurşovga tuşib qoladimi? Şuningdek, janglar yakuniga köra Rossiya kuçlari qanday holatda bölişi ham ma’lum emas: ular janubdagi Horlivkadan Baxmut orqali şimoldagi Severskka qadar uzangan ulkan aglomeratsiyani egallaş uçun kattaroq amaliyot ötkaza olişadimi?
Soledar allaqaçon boy berildimi yoki faqat qurşab olinganmi?
11 yanvar kuni keçqurun holatiga köra Soledar markazi va atrofidagi vaziyat töliq ravşan emasdi. «Vagner» rahbari Yevgeniy Prigojin «şahar töliğiça uning yollanma kuçlari nazoratida» ekanini, şu bilan birga qurşovda qolgan ukrainalik harbiylarga taslim böliş taklif etilişini aytdi. Ukraina qurolli kuçlari qömondonligi vaziyat böyiça axborot berişga şoşilmayapti. Volodimir Zelenskiy, Ukraina naşrlari va blogerlar şahar qurşovda qolganini rad etib, qarşilik körsatiş davom ettirilayotganini aytişmoqda
Soledarda va uning atrofida olingan videolardan xulosa qiliş mumkinki, nima bölganda ham bu yerda Ukraina qurolli kuçlari uçun vaziyat keskin yomonlaşgan:
«Vagner» yollanma jangçilari şahar ma’muriyati maydoni va uning hovlisida videoga tuşişdi — fonda halok bölgan ukrain harbiylarining jasadlarini köriş mumkin.
9-10 yanvar kunlari şaharning janubiy-ğarbiy çekkalarida Ukraina armiyasining jönab ketayotgan qismlari közga taşlangan bölsa, 11 yanvar kuni bu yerda ukrainlar droni «Vagner» otryadi harakatini tasvirga olgan.
Şuningdek, Prigojin Soledar tuz konlarini eslatuvçi yerosti şaxtasidan video e’lon qildi — ammo bunday şaxtalar Donbassning boşqa şaharlarida ham bor.
Nima bölganda ham, hozirda şaharda Ukraina qurolli kuçlari askarlari qurşovda qolgani haqida işonç bilan aytiş qiyin: Rossiya kuçlari şahar şimoli-ğarbini (jumladan Yurçina tepaliklarini) ham nazorat qilayotganiga oid tasdiqlangan ma’lumot yöq; ukrainlar hali ham bu hudud orqali ötuvçi yöl orqali çekinişi mumkin. Qolaversa, Soledarda ukrain askarlari qolganiga ham dalil yöq.
Şuni aniq aytiş mumkinki, Ukraina qurolli kuçlari Soledarning ğarbiy çekkalarida mudofaalanmoqda — Blahodatne va Krasnopilivka qişloqlari hamda Sol stansiyasi hududida. Katta ehtimol bilan, kuçlarning bir qismi Severskka, qolgani — Baxmutga çekingan.




















