O‘zbekiston | 10:41 / 12.01.2023
2051
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijga ketayotgan ota-ona zimmasiga bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash majburiyati yuklatiladi

Foto: Shutterstock

“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Oila kodeksida xorijiy davlatga ketayotgan ota-ona zimmasiga o‘z bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini ko‘rish majburiyati yuklatilmoqda.

“Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, erkinligi, sha’ni va qadr qimmatiga, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa, O‘zbekistonga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga yetmaganlarga xizmat ko‘rsatiladigan ta’lim muassasalari va sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlashlari taqiqlanmoqda.

“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalari xotin-qizlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha hamda ma’muriy sudlarga berilgan da’volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan davlat bojidan ozod qilinishi belgilanmoqda.

“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda “Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola” tushunchasi xalqaro standartlarga moslashtirilmoqda, “zo‘ravonlik”, “jinsiy zo‘ravonlik”, “jismoniy zo‘ravonlik”, “ruhiy zo‘ravonlik”, “g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik” hamda “vasiylik va homiylik organi” kabi yangi tushunchalar kiritilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid