Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston o‘zining energiya tarmoqlarini birovga berib yubormaydi - vazir
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish evaziga O‘zbekistonning gaz-transport tarmoqlarini “Gazprom” ixtiyoriga o‘tkazishni so‘ragani haqida xabar berilgan edi. Ta’kidlash lozim, energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov o‘tgan oydagi chiqishlaridan birida buni bilvosita tasdiqlagan.
“Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, o‘zimizning tarmoqlarni birovga berib yuborish yoki boshqa orqali emas, oldi-sotdi tijoriy shartnomalar asosida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti”, – degandi u.
Vazir Kun.uz'ga bergan intervyusida O‘zbekiston RFning “uchtomonlama gaz ittifoqi” g‘oyasiga qo‘shilmasligini ham aytgandi:
“Biz milliy manfaatlarimizni hech qachon xavf ostiga qo‘ymaymiz. Agarda siz aytayotgan choraga yo‘l qo‘yadigan bo‘lsak ham, faqatgina tijoriy oldi-sotdi shartnomalari orqali amalga oshiramiz. Buning evaziga biror siyosiy shart qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaymiz.
Agar gazni chegaramizgacha olib kelib, bizga ma’qul narxda bersa, olamiz, bo‘lmasa yo‘q.
Bir narsani to‘g‘ri tushuninglar, bizda gaz tafovuti faqatgina sovuq qishki mavsumda bo‘ladi xolos. Qolgan paytlar to‘liq ta’minlaymiz. Shuning uchun qolgan choralarni ko‘ramiz, qo‘shimcha investitsiya kiritamiz, energiya tejamkorlikka olib boramiz, gazdan tashqari muqobil energiya – ko‘mirda ishlay oladigan tarmoqlarni maksimal ravishda ko‘mirga o‘tkazamiz, alternativ energetikani intensiv rivojlantiramiz. Shu kabi choralar ko‘riladi”.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya tomoni ilgari surgan ikkinchi shart – Xitoyga gaz eksporti huquqini topshirish bo‘lgani, ya’ni “Gazprom” kelishuvda O‘zbekistonning “UzGasTrade” kompaniyasi o‘rnini egallashni taklif qilgani aytilmoqda.
O‘zbekiston hukumatidagi manbalarga ko‘ra, dekabr oyidagi muzokaralarda Rossiya tomonining shartlarini olib tashlashga erishilgan.
Mavzuga oid
18:36 / 15.12.2025
2026 yilda yangi konlar hisobiga gaz qazib olishdagi pasayishni barqarorlashtirish rejalashtirilmoqda - Mirzamahmudov
12:09 / 12.12.2025
Farg‘ona vodiysida «metan zapravka»lar o‘chib qolsa, ko‘chma konteynerlar orqali gaz yetkazib beriladi – energetika vaziri
13:17 / 18.11.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston 2026 yil uchun elektr energiyasi yetkazib berish shartnomasini imzoladi
11:08 / 06.11.2025