Hukumat energiya inqirozidan qanday çiqmoqçi? Vazir bilan suhbat
|00:42 / 08.12.202243 48411 min
Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda elektr va gaz tanqisligi, yeçimlar, xorijiy şartnomalar, gaz ittifoqi va boşqa masalalardagi savollarga javob berdi.
– Bir sovuq tuşib, qor yoğişi bilan energetika tizimida juda katta muammo yuzaga keldi. Gaz bosimi tuşib ketdi, elektrda uzilişlar, gaz quyiş şoxobçalaridagi holatni köryapmiz. Birinçi qor yoqqandayoq nega bunçalik katta muammolar kelib çiqdi?
– Bu muammolar birinçi qor tuşganda sodir bölmadi. Ob-havo soviy boşlagan noyabr oyidayoq muayyan çeklovlar kiritib, muayyan tabiiy gaz iste’molçilarini çeklaşga majbur böldik. Issiqxonalarni gazdan uziş ham ana şu çeklovlar bilan boğliq edi. Bunga birinçi navbatda özimizning işni töğri taşkil etmaganligimiz sabab bölsa, ikkinçidan talab va taklif orasidagi katta tafovut sabab deb öylayman.
Aholi sonining, iste’mol darajasining, qolaversa, tadbirkorlik sub’yektlarining ortib borişi natijasida iste’mol sönggi yillarda keskin oşdi, bunga yaraşa oxirgi beş yilda juda katta yangi generatsiyalar qurildi, modernizatsiya qilinyapti...
– Aholi sonining ösişi, tadbirkorlik sub’yektlarining ortişi natijasida iste’molga bölgan talab oşişi va işni töğri taşkil qilmaganimiz deyapsiz, nega töğri qilmadingiz? Nega şunday bölişini bilib turib, işlarni töğri taşkil qilmadingiz? Har yili bu muammo qaytalanişi ma’lum edi-ku.
– Yetarli tayyorgarlik bölmasligiga sabab moliyalaştirişdagi tafovutlarga borib taqaladi. Bu birinçisi bölsa, ikkinçisi hamma yerda ham işlarning sifatli taşkil qilinmagani – joylarga borib örganilganda bajarildi deb turib, işni bajarmagan yoki közböyamaçilik bölgan. Eng asosiy sabab esa işlab çiqarayotgan tabiiy gaz va elektr energiyasi iste’moldagi talab darajasini töliq qoplay olmayotganidadir. Buning uçun nima qilindi deysiz, buning uçun hozirgi kunda elektr energiyani import qilyapmiz.
Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov
– Közböyamaçiliklar, notöğri işlar deyapsiz. Bugungi muammolarni keltirib çiqargan odamlarning ism-familiyalarini ayta olasizmi?
– Bu böyiça Boş prokuratura bilan işçi guruh tuzgan holda örganişlar olib boryapmiz. Albatta, sustkaşlikka va közböyamaçilikka yöl qöyganlar, albatta, jazolanadi. Lekin hozirgi kunda aybdorlarni izlaşdan köra, yuzaga kelgan muammolarni qanday bartaraf etiş bilan şuğullaniş zarur deb öylayman.
– Tabiiy gaz ham xalqning boyligi. Nega Özbekistonda çet el korxonalari bilan tuzilgan şartnomalar jamoatçilikka e’lon qilinmaydi. Buni barça bilişi kerak emasmi?
Mavzuga oid
– Qaysi şartnoma, nimasi oçiqlanmadi?
Bir narsani aytmoqçimanki, har qanday şartnoma, har qanday investitsiya loyihasi tegişli vazirlik-idoralar tomonidan ekspertizadan ötkaziladi, hisob-kitob qilinadi va bunda milliy manfaatlar körib çiqilganidagina qandaydir xulosa qilib, amalga oşiriladi.
– “Boston Consulting Group” xalqaro taşkiloti tomonidan Özbekistonda gaz qazib olişni bugungi holati va kelajagi borasida ötkazilgan örganiş natijasi böyiça tayyorlangan hisobotlar nega e’lon qilinmadi? U yerda qanday ma’lumot va tavsiyalar berilgan?
– “Boston Consulting Group” kompaniyasi hisobotlarini özimiz audit sifatida tavsiyaviy tarzda tayyorlatganmiz. Bu hujjatlarning oçiqlanmasligining sababi şartnomada şunday belgilangani uçundir. Bu xususiy taşkilot. Bugungi kunda qaysi tarmoqda qandaydir işlar amalga oşirilayotgan bölsa, albatta bu kompaniyalarning tavsiyasi inobatga olingan. Lekin qaysi çet el korxonasi bölişidan qat’i nazar ularning hisobotlari ilova qilingan holda mutaxassislar iştirokida örganib çiqiladi.
– Bugungi kunda Gazlida mavjud yer osti gaz zaxirasi kimlarga, nima maqsadda va qança muddatga ijaraga berilgan?
– Bizda ikkita gaz saqlaş ombori bor. Birinçisi Andijonning Xöjaobod tumanida va Gazlida. Ularning ikkisi ham “Öztransgaz” balansida. Hozirgi kunda ikkita gaz omboridan kuniga 20 mln kubometr atrofida yozda haydalgan gazni ajratib olyapmiz.
Gazlidagi gaz konini oladigan bölsak, bu yerdan 60 yil davomida foydalanib kelingan. Ammo hozirgi vaqtda murakkab geologik tuzilmali qatlamlarni inobatga olgan holda Rossiyaning “Forus” kompaniyasi bilan birga qöşma korxona tuzilgan. Hozirda bu korxona burğilaş işlarini olib bormoqda va oldin olib bölmagan qatlamlardan gaz ajratib olmoqda.
– 2017 yilda 2021 yilga qadar bölgan vaqt oraliğida gaz işlab çiqariş hajmini 5 barobarga oşiriş böyiça dastur tuzilgan edi. Qança pullar ham sarflandi. Ammo nega şu paytga qadar bu töğrida biror hisobot berilmadi?
– Bu böyiça har yili hisobotlarda körsatib ötiladi. Bir narsani aytiş kerakki, agar gaz qazib çiqariş yölga qöyilmaganda va işlab çiqariş oşib bormaganda gaz işlab çiqariş dinamikasi tuşib ketgan bölar edi. Agar dastur işlab çiqarilişi rejalaştirilayotgan vaqtda pullar sarflanib, gaz hajmi oşirilmaganda uning hajmi bugungi kunda 52 mlrd kub emas, balki 45 mlrd kubni taşkil etgan bölar edi. Töğri, gaz hajmi u qadar oşib ketmagan bölsa ham, keskin tuşib ketişning oldi olinib, jarayon me’yorlaştirildi.
– Gaz bosimi pasayib, turli muammolar yuzaga keliş fonida iqtisodçilar GTL zavodi samarasizligi, uning faoliyatini töxtatiş zarurligini ta’kidlaşmoqda. Nima uçun zavod faoliyati haligaça töxtatilmayapti?
– GTL zavodining texnik-iqtisodiy asosnomasi bor, xalqaro moliyaviy institutlar kredit ajratgan. Masalan, xuddi şunday loyiha Qatarda qilingan va 5-6 yilda özini oqlagan. Hozir Qatardagi eng yetakçi zavodlardan biri, barça iqtisodiy samarasini körişingiz mumkin. Bunday zavodlar Nigeriya va Janubiy Afrikada ham qurilyapti.
Samarasiga kelsak, tabiiy gazni sintez qilib dizel yoqilğisi va aviakerosin olinyapti. Agar şu hajmlar bölmaganida biz bu ikkala mahsulot hajmlarini import qilişga majbur bölardik. Narxini, hammasini körsatib berişim mumkin.
Hozirgi kunda taqçillik sabab GTL zavodi faoliyatini töla quvvatining 30 foiziga tuşirganmiz. Navoiyazot, Çirçiq, Farğonadagi yirik zavodlarni töxtatgan bölsak, GTL zavodini ham minimal işlaş darajasigaça tuşirganmiz.
– Bugungi oğir ahvoldan qanday çiqiladi? Eşitişimiz böyiça, bu borada Rossiya bilan kelişuv ustida işlanyapti, lekin qator ekspertlar Rossiyadan gaz oliş siyosiy xato ekanini ta’kidlaşmoqda. Bilib turib ham, bu xavfli yölga kiramizmi?
– Biz milliy manfaatlarimizni heç qaçon xavf ostiga qöymaymiz. Agarda siz aytayotgan çoraga yöl qöyadigan bölsak ham, faqatgina tijoriy oldi-sotdi şartnomalari orqali amalga oşiramiz. Buning evaziga biror siyosiy şart qöyilişiga yöl qöymaymiz.
Agar gazni çegaramizgaça olib kelib, bizga ma’qul narxda bersa, olamiz, bölmasa yöq. Boşqa çoralarni köramiz.
Bir narsani töğri tuşuninglar, bizda gaz tafovuti faqatgina sovuq qişki mavsumda böladi xolos. Qolgan paytlar töliq ta’minlaymiz. Şuning uçun qolgan çoralarni köramiz, qöşimça investitsiya kiritamiz, energiya tejamkorlikka olib boramiz, gazdan taşqari muqobil energiya – kömirda işlay oladigan tarmoqlarni maksimal ravişda kömirga ötkazamiz, alternativ energetikani intensiv rivojlantiramiz. Şu kabi çoralar köriladi.
– Yetişmayotgan gaz nima uçun Turkmanistondan import qilinmaydi?
– Biz hozirgi kunda import qilayotgan gazimizni Turkmanistondan olyapmiz. Buni oşiriş böyiça ular bilan ham muzokaralar olib borilgan. Ma’lum kelişuvlarga erişilgan, lekin mana körib turganingizdek, töliq hozirgi kundagi ehtiyojni qondirmayapti. Turkmanistonning ham qazib çiqariş hajmlari böyiça özining majburiyatlari bor.
Aytyapman-ku, agar çegaramizgaça olib kelib, bizga töğri keladigan narxda, kerakli hajmda gaz bersa, olamiz, bölmasa gazga qandaydir bir qaramligimiz yoki ölib qolib bölsa ham uni olamiz degan ehtiyojimiz yöq. Töğri kelsa, Rossiyadan böladimi, Turkmanistondan böladimi, qaysi biri manfaatliroq, iqtisodiy samaraliroq bölsa, şu böyiça işlaymiz. Bölmasa, alternativ variantlarni rivojlantiramiz.
– Agar Rossiyadan gaz import qilinsa, bu Putin taklif qilayotgan gaz ittifoqi doirasida böladimi?
– Yöq. Agarda gaz olib keladigan bölsak, bizning Rossiya bilan umumiy çegaramiz yöq, ya’ni Qozoğiston hududidan tranzit qilişimiz kerak, demak şu gazni bizga yetkazib berişi uçun Qozoğiston bilan tegişli muzokaralarni olib borişimiz kerak. Texnik tarafdan şunday. Lekin qandaydir bir ittifoq doirasida emas.
Har qanday transçegaraviy gaz quvurlaridan foydalaniş, albatta, öşa davlatlarning işini özaro muvofiqlaştirişi degani. Masalan, Turkmanistondan Xitoygaça gaz quvuri Özbekistondan ham ötgan, bu yerda muvofiqlaştiruvçi qömita bor. Qömita Turkmanistondan boşlab, Özbekiston va Qozoğiston hududlaridan ötib, Xitoyga borgungaça gaz quvurlaridan foydalanilişini muvofiqlaştiradi. Qanday işlaydi, rejimi qanday böladi, hajmlar...
– Putin taklif qilayotgan ittifoq bundan nimasi bilan farq qiladi?
– Bu ittifoq emas. Bu gaz quvurlari tizimini işlatiş degani.
– Özbekiston, Qozoğiston va Rossiya iştirokida uç tomonlama gaz ittifoqi tuziş böyiça taklif böldi-ku?
– Bizga hozirgi kungaça bunaqa taklif kelib tuşmagan. Bu borada hozir sizga aytib ötganimdek yönalişda muzokaralar olib boryapmiz.
– Özbekiston içidagi gaz qazib oliş bilan şuğullanadiganlar bilan gaplaşganimizda, ular içki potensial yuqori ekani, özimizda gaz qazib oliş hajmini oşiriş orqali ham bu muammoni qaysidir jihatdan hal etiş mumkinligini, ammo ularga yetarli şaroit bölmayotganini ham aytişdi. Bunga qanaqa fikr bildirasiz?
– Aytib ötganimdek, biz barça yönalişlarda harakat qilamiz. Birinçidan, öz resurslarimizdan maksimal darajada foydalanamiz, ya’ni georazvedka va qazib çiqarişni oşiriş. Ikkinçidan, muqobil energetikaga ötiş.
Buni qaysi kompaniya aytyapti... Öylaymanki, sarflanayotgan har bir pul qayerda köproq samara berişi, qayerda işlaş kerakligini bilsak kerak? Hozirgi kunda eng köp işlayotgan hududimiz – Ustyurt.
Mavjud konlarimizdagi zaxiralarning foydalanib bölinganlik darajasi 85 foiz. Bu degani 15 foiz qolgan. Uni siquv-kompressor stansiyasi, qandaydir qöşimça çoralar bilan oliş kerak. Avvallari biz 1,5 mingdan 3,5 ming metrgaça çuqurlikda burğilaş işlarini olib borgan bölsak, hozir 6-7 ming metrga ketyapmiz. Çuqurlaşdi degani bu qöşimça xarajat, yangi va oğir juda murakkab texnologiyalar zarur degani. Ya’ni sezilarli darajada investitsiya mablağini talab qiladi.
Bu potensialni biz töliq baholagan holda biz qayerda işlaymiz, qanday işlaymiz, rejalaştirganmiz. Nafaqat özimiz, mana hozirgi kunda konkurslar e’lon qilindi, xorijiy hamkorlar çaqirildi, qatnaşinglar deyildi. Hammaga bu yönalişda oçiq, şaffofmiz. Kelişsin, işlaşsin. Kanada kompaniyasi kelyapti, turk kompaniyalari, xitoy kompaniyalari işlamoqçi. Bemalol.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi