Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar uchun eng yaxshi yo‘nalishlardan biri bo‘ldi
Rossiyaliklar Turkiya, Gruziya va O‘zbekistonni sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar qatoriga kiritishdi.
Rossiyaning turizm blogerlari va jurnalistlari 2023 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar nomini ma’lum qildi. Mutaxassislar «Tutu» sayohat xizmatining «Mediarazvedka» loyihasi doirasidagi tanlovda ishtirok etishdi.
Har bir ovoz beruvchiga uchta variantni tanlash taklif etildi. Reytingda katta farq bilan Turkiya g‘olib bo‘ldi. Gruziya 26 foiz ovoz bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston 24 foiz ovoz to‘plab, uchinchi bo‘ldi.
Kurort mamlakatlari orasida Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va Misr ham kuchli o‘ntalikdan joy olgan. Bundan tashqari, ekspertlar Eronning kuchli o‘ntalikka kirganiga e’tibor qaratishmoqda.
Dekabr oyi oxirida Turkiya 2022 yilda rossiyaliklar uchun eng mashhur dam olish maskani deb topilgani xabar qilingandi. Abxaziya ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, kuchli beshlikni Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Tailand yakunladi. Tahlilchilarning fikricha, butun 2022 yil davomida 23,5 millionga yaqin rossiyalik turli maqsadlarda Rossiyani tark etgan.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
18:34 / 26.04.2026