Germaniya TIV rahbari Putinni sudlash yo‘lini taklif qildi
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi maxsus tribunal uchun aniq mexanizmlarni taklif qilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mamlakatning boshqa rahbarlari Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini boshlagani uchun xalqaro tribunal oldida javob berishi kerak. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Haaga shahridagi Xalqaro jinoiy sudga (XJS) tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozdi Politico.
Germaniya diplomatiyasi rahbarining ta’kidlashicha, Rossiya rahbariyatini XJS doirasida javobgarlikka tortishning iloji yo‘q, chunki Rossiya ushbu sudning yurisdiksiyasini tan olmaydi. BMT Xavfsizlik Kengashi esa XJSga bunday vakolatlarni bera olmaydi, chunki Rossiyaning o‘zi bunday rezolyutsiyani veto huquqi bilan bloklaydi.
Bu to‘siqdan o‘tish uchun Berbok hamkor davlatlar bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainaga qilgan tajovuzi jinoyatlarini ko‘rib chiqadigan va Rossiya rahbariyatini sudlay oladigan «maxsus tribunal» tuzishni taklif qilmoqda.
Shu bilan birga, Germaniya tashqi ishlar vazirligi ushbu maxsus tribunalni Ukraina jinoyat qonunchiligi «yurisdiksiyasidan chiqarish»ni ham taklif qilyapti. Tribunal ishiga jalb qilingan prokurorlar va sudyalar, Berbokning fikricha, turli mamlakatlar vakili bo‘lishi, tribunalning o‘zi esa Ukrainadan tashqarida joylashgan bo‘lishi kerak. Bu «tarafkashlik taassurotlari»ni yo‘q qiladi.
Avvalroq, AQShning Ukrainadagi sobiq maxsus vakili Kurt Volker hozir dunyoda Rossiya Federatsiyasi rahbariyatini jinoiy javobgarlikka tortish imkonini beradigan mexanizm yo‘qligini, shuning uchun xalqaro hamjamiyat maxsus, ya’ni Nyurnberg tribunaliga o‘xshash «bir martalik» tribunal tashkil qilishi kerakligini aytgan edi.
Xalqaro jinoyat sudi (Haaga tribunali) joylashgan Niderlandiya Rossiya uchun «maxsus tribunal»ni o‘z hududida tashkil etishni taklif qilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Rossiya Federatsiyasi uchun xalqaro tribunal bo‘yicha o‘z pozitsiyasini hozircha aniqlay olmayapti. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh bunday tribunalning tashkil etilishiga qarshi.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18 / 16.11.2024