Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan talabalar ro‘yxati tasdiqlandi
76 nafar talabaga O‘zbekistonning 24 ta oliy o‘quv dargohiga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berildi.
Tashqi ishlar vazirligi xulosasiga binoan, Ukrainaning Rossiya tomonidan annexia qilingan Qrim yarimoroli, Sevastopol shahri, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov, Krasnodar viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishi O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishi ruxsat etilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Ro‘yxatdan 76 nafar talaba joy olgan bo‘lib, ularga O‘zbekistonning 24 ta oliy o‘quv dargohiga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilgan.
Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan, ammo ushbu tasdiqlangan ro‘yxatda ism sharifi keltirilmagan fuqarolar bo‘yicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026