Lavrov G‘arbning Markaziy Osiyo davlatlariga bosimi haqida gapirdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Markaziy Osiyo davlatlaridan Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bermaslikni so‘ramoqda.
G‘arb Markaziy Osiyo davlatlariga bosim o‘tkazib, Moskvaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishini talab qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozdi Lenta.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi, AQSh va Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlaridan Moskva bilan hamkorlikdan bosh tortishni talab qilmoqda, chunki ularning fikricha, «Rossiya G‘arb bilan urushda yutqazadi». Shu sababli ular «g‘olib tomonga»ga oldindan o‘tib olishni taklif qilmoqda.
«Bunday og‘zaki ta’sirlardan tashqari, tahdidlar bilan jiddiy bosim qilinmoqda: siz bizning bozorlarimizni va mamlakatingizga kiritmoqchi bo‘lgan sarmoyalarimizni yo‘qotasiz, Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam berishga jur’at etmang», dedi diplomat.
Lavrovning qayd etishicha, Markaziy Osiyo davlatlari hukumatlari bunday tahdidlarni hisobga olishga majbur.
«Biz har bir do‘stona davlatdan: «Biz aksilrossiya sanksiyalariga qarshimiz», deyishni talab qilmaymiz. Bizga ularning sanksiyalarga qo‘shilmaganining o‘zi kifoya», deb ta’kidladi Tashqi ishlar vaziri.
Vazir Rossiya tomoni do‘stona hamkorlar bilan birgalikda «g‘arb hamkasblarining injiqligiga bog‘liq bo‘lmagan hamkorlikning yangi mexanizmlari va yangi vositalarini muvaffaqiyatli ishlab chiqayotgani va topayotgani»ga e’tibor qaratdi.
Mavzuga oid
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18 / 16.11.2024
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
15:14 / 16.11.2024