Jahon | 09:41 / 18.01.2023
7670
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya Ukrainaga Patriot tizimlarini yetkazib berish niyatida

AQSh va Germaniyadan keyin Niderlandiya ham Ukrainani Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda DW xabar berdi.

Foto: Getty Images

«Biz Patriot loyihasi bo‘yicha Germaniya bilan birgalikda qilayotgan ishlaringizga qo‘shilish niyatidamiz», deb ma’lum qildi Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte Oq uyda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida.

Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, avvalroq u bu masalani Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muhokama qilgan.

Uning ta’kidlashicha, «Ukraina tomonida qolish qat’iyati» 40 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan Rossiya havo hujumidan keyin Dniprodan kelayotgan «dahshatli suratlar» bilan mustahkamlangan.

Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari bir necha oy ichida Oklaxoma shtatida Patriot zenit-raketa tizimini boshqarish bo‘yicha tezlashtirilgan kursdan o‘tadilar.

Pentagon AQSh armiyasining Oklaxoma shtatidagi Fort Sill bazasida ukrainalik harbiylarni Patriot zenit-raketa tizimi bilan ishlashga o‘rgatadi. 

Kursda Ukraina Qurolli kuchlarining 90 nafardan 100 nafargacha askari qatnashadi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, bu bitta Patriot tizimini boshqarish uchun zarur bo‘lgan harbiy xizmatchilar soni. Kurs bir necha oy davom etadi, bu ushbu tizim bilan ishlash uchun odatiy o‘quv davridan sezilarli darajada kamroq. 

Mavzuga oid