O‘zbekiston | 11:52 / 18.01.2023
2942
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy mahsulotlari Latviya orqali YeI bozoriga olib kiriladi

«O‘zcharmsanoat» uyushmasida Trade House Uzbekistan kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Muloqotning asosiy mavzusi Latviyada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan charm-poyabzal va mo‘yna mahsulotlarining savdosini yo‘lga qo‘yish hamda Latviya investorlarini faol jalb etish bo‘ldi.

Ikki tomonlama hamkorlikning navbatdagi raundida milliy mahsulotlarni qisqa fursatda Latviya orqali YeI bozoriga olib kirish masalasining amaliy jihatlari muhokama qilindi. Bu borada O‘zbekistonning GSP+ preferensiyalar tizimidan samarali foydalanishi bilan bog‘liq imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Trade House Uzbekistan kompaniyasi rahbari bugungi kunda O‘zbekiston uchun Latviyada yirik shou-rum tashkil etilgani va shu kunga qadar hunarmandchilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi. U navbatdagi bosqichda O‘zbekistonning charm-poyabzal korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni joylashtirish ishlari boshlanishini ma’lum qildi.

Uchrashuvda tomonlar mahsulotlar namunalarini joylashtirish, mahsulot turlari va yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham fikr almashdi. Latviyada ulgurji savdolarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tashkiliy jihatlarning bugungi holati ko‘rib chiqildi.

Latviya kompaniyalarining O‘zbekistonga sarmoya kiritish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalariga e’tibor qaratildi. Muloqotda YeI, jumladan, Latviyaga mahsulot yetkazib beruvchi mahalliy korxonalar bilan muzokaralar o‘tkazish va namunalarni Latviyadagi shou-rumga joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid