Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’til uzaytirilgani sababli Toshkentdan Xorazm va Surxondaryoga qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi
Qishki ta’til uzaytirilishi sababli «O‘zbekiston temiryo‘llari» hududlarga qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.
Foto: KUN.UZ
Jumladan, «Toshkent-Urganch-Toshkent» yo‘nalishida qo‘shimcha 1 reys amalga oshiriladi:
22 yanvar kuni «Toshkent — Urganch» yo‘nalishida 156-sonli poyezd Toshkent shahridan soat 00:05 da jo‘nab ketadi va soat 14:23 da Urganchga yetib boradi.
22 yanvar kuni «Urganch — Toshkent» yo‘nalishida 155-sonli poyezd Urganchdan soat 17:35 da jo‘nab ketadi va 23 yanvar kuni soat 06:54 da Toshkentga yetib boradi.
Shuningdek, «Toshkent — Termiz — Toshkent» yo‘nalishida ham qo‘shimcha 1 reys amalga oshiriladi.
21 yanvar kuni «Toshkent — Termiz» yo‘nalishida 158-sonli poyezd Toshkent shahridan soat 21:42 da jo‘nab ketadi va 22 yanvar kuni soat 11:41 da Termizga yetib boradi.
22 yanvar kuni «Termiz — Toshkent» yo‘nalishida 157-sonli poyezd Termizdan soat 15:10 da jo‘nab ketadi va 23 yanvar kuni soat 05:42 da Toshkentga yetib boradi.
Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
10:00 / 05.03.2026
Milliy bog‘da katta qurilish: daraxt kesilgani uchun kim javob beradi?
18:50 / 04.03.2026
Toshkent bosh rejasining o‘zgarishi: endi ayrim joylarda 30-40 qavatgacha qurilish qilsa bo‘ladi
13:44 / 04.03.2026
Toshkent markaziy ko‘chalarida 200 dan ortiq daraxtda kasallik belgilari aniqlandi
11:47 / 04.03.2026