Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Toshkent issiqlik markazi” korxonasi qayta tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri markazlashgan issiqlik ta’minoti korxonalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Toshkent shahar hokimligining “Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korxonasini mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirish nazarda tutilgan. 2023 yil 1 fevralga qadar jamiyat ustav kapitalidagi ulush balans qiymatda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga uning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga beriladi.
Jamiyat “Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korxonasining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi. AJ Toshkent shahrida aholiga va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun o‘z vaqtida sifatli issiqlik energiyasini uzatish vazifasini hal qiladi.
1 martga qadar qozonxonalarni DXSh asosida, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Issiqlik markazlari 2023 yil 1 iyundan boshlab bosqichma-bosqich “Issiqlik elektr stansiyalari” AJga beriladi.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
14:05 / 13.06.2026
Juda issiq ob-havo homiladorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
20:06 / 10.06.2026