Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 yanvar kuni harorat 2 daraja iliqni tashkil etadi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 20 yanvar, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja sovuq, kunduzi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:54 / 12.07.2026
Toshkentda kuyindi hidining paydo bo‘lishiga ob-havo sharoitining o‘zgarishi sabab bo‘lgani aytildi
13:57 / 12.07.2026
Issiq tufayli Qoraqalpog‘istondagi bog‘chalar vaqtincha yopiladi
11:37 / 10.07.2026
Hafta oxirida yuqori harorat saqlanib qoladi
18:43 / 06.07.2026